Mehnat kodeksi 309-moddasi
Xizmat tekshiruvini oʻtkazish vaqtida xodimni ishdan chetlashtirish
Agar xodimning ish joyida hozir boʻlishi xizmat tekshiruviga xalaqit berishi mumkin deb taxmin qilish uchun asosli sabablar mavjud boʻlsa, ish beruvchi xodimni ishdan chetlashtirishga haqli. Xodimni ishdan chetlashtirish ish beruvchining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi va buyruq oʻziga nisbatan xizmat tekshiruvi oʻtkazilayotgan xodimning eʼtiboriga imzo qoʻydirib yetkaziladi. Agar xodim uni ishdan chetlashtirish toʻgʻrisidagi buyruq bilan tanishishni yoki bunday buyruqqa imzo qoʻyishni rad etsa, komissiya aʼzolari tegishli dalolatnoma tuzadi. Ish beruvchi xodimning talabiga koʻra unga ishdan chetlashtirish haqidagi buyruqning tasdiqlangan koʻchirma nusxasini u murojaat etgan kunidan eʼtiboran uch kundan kechiktirmay berishi shart. Xodimni ishdan chetlashtirish muddati ushbu Kodeksning 308-moddasida belgilangan xizmat tekshiruvini oʻtkazish muddatidan oshib ketmasligi kerak. Oʻziga nisbatan xizmat tekshiruvi oʻtkazilayotganligi sababli ishdan chetlashtirilgan xodimga ishdan chetlashtirishning butun davri uchun oʻrtacha ish haqi saqlanib qoladi.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Modda quyidagi hujjat tarkibida
O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi
Qonun № O'RQ-798, 28.10.2022
← Oldingi modda
Modda 308. Xizmat tekshiruvini oʻtkazish muddati
Keyingi modda →
Modda 310. Xizmat tekshiruvi natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnoma
Qoʻshni moddalar
- 305Komissiyaning huquq va majburiyatlari
- 306Oʻziga nisbatan xizmat tekshiruvi oʻtkazilayotgan xodimning huquq va majburiyatlari
- 307Komissiya aʼzosini rad etish
- 308Xizmat tekshiruvini oʻtkazish muddati
- 310Xizmat tekshiruvi natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnoma
- 311Xizmat tekshiruvi oʻtkazish toʻgʻrisidagi qoidalarni aniqlashtirish
- 312Intizomiy jazo choralari
- 313Intizomiy jazo choralarini qoʻllash tartibi
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.