Mehnat kodeksi 306-moddasi
Oʻziga nisbatan xizmat tekshiruvi oʻtkazilayotgan xodimning huquq va majburiyatlari
Oʻziga nisbatan xizmat tekshiruvi oʻtkazilayotgan xodim: xizmat tekshiruvi nima sababli oʻtkazilayotganini bilishga; komissiya aʼzolarini rad etish toʻgʻrisida arz qilishga; xizmat tekshiruvi masalalari boʻyicha yozma tushuntirishlar berishga; xizmat tekshiruvi oʻtkazilishi davomida iltimosnomalar berishga; xizmat tekshiruvi materiallariga qoʻshib qoʻyish uchun hujjatlar, ashyoviy dalillar taqdim etishga; guvohlarni xizmat tekshiruvi oʻtkazilishi davomida keyinchalik ularni soʻrovdan oʻtkazish uchun taqdim etishga; xizmat tekshiruvi materiallari bilan tanishishga, ulardan koʻchirmalar, koʻchirma nusxalar olishga; xizmat tekshiruvi natijalari haqidagi dalolatnoma bilan tanishishga; komissiyaning qarorlari va harakatlari (harakatsizligi) ustidan yakka tartibdagi mehnat nizolari uchun belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqlidir. Xodim oʻz shaʼni va qadr-qimmatiga putur yetkazadigan maʼlumotni rad etish uchun xizmat tekshiruvi oʻtkazilishini talab qilishga haqlidir. Xizmat tekshiruvini oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza ish beruvchiga yozma shaklda beriladi va u taqdim etilgan kundan eʼtiboran uch kundan kechiktirmay koʻrib chiqiladi. Oʻziga nisbatan xizmat tekshiruvi oʻtkazilayotgan xodim oʻziga berilgan huquqlardan vijdonan foydalanishi, xizmat tekshiruvi oʻtkazilishiga monelik qilmasligi, shu jumladan xizmat tekshiruvida ishtirok etishdan boʻyin tovlamasligi, haqiqatni aniqlashga dalillarni yoʻq qilish, soxtalashtirish, boshqa gʻayriqonuniy harakatlar sodir etish yoʻli bilan monelik qilmasligi shart.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Modda quyidagi hujjat tarkibida
O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi
Qonun № O'RQ-798, 28.10.2022
← Oldingi modda
Modda 305. Komissiyaning huquq va majburiyatlari
Keyingi modda →
Modda 307. Komissiya aʼzosini rad etish
Qoʻshni moddalar
- 302Xizmat tekshiruvi tushunchasi
- 303Xizmat tekshiruvi oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilish
- 304Xizmat tekshiruvi oʻtkazish boʻyicha komissiya tuzish
- 305Komissiyaning huquq va majburiyatlari
- 307Komissiya aʼzosini rad etish
- 308Xizmat tekshiruvini oʻtkazish muddati
- 309Xizmat tekshiruvini oʻtkazish vaqtida xodimni ishdan chetlashtirish
- 310Xizmat tekshiruvi natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnoma
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.