Mehnat kodeksi 242-moddasi
Xodimning talabiga koʻra majburiy tartibda ish haqi saqlanmagan holda taʼtil berish
Xodimning xohishiga koʻra ish haqi saqlanmaydigan taʼtil quyidagilarga majburiy tartibda beriladi: 1941 — 1945-yillardagi urush qatnashchilariga va imtiyozlari boʻyicha ularga tenglashtirilgan shaxslarga — har yili oʻn toʻrt kalendar kungacha; I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga — har yili oʻn toʻrt kalendar kungacha; ikki yoshdan uch yoshgacha boʻlgan bolani haqiqatda parvarishlayotgan bolaning ota-onasidan biriga (vasiysiga), buvisiga, bobosiga yoki boshqa qarindoshiga; oʻn ikki yoshga toʻlmagan ikki va undan ortiq nafar bolani yoki oʻn olti yoshga toʻlmagan nogironligi boʻlgan bolani tarbiyalayotgan ota-onasining biriga (ota-onaning oʻrnini bosuvchi shaxsga) — har yili oʻn toʻrt kalendar kungacha; qonunchilikda va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, shuningdek mehnat shartnomasi shartlarida nazarda tutilgan hollarda boshqa xodimlarga.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Modda quyidagi hujjat tarkibida
O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi
Qonun № O'RQ-798, 28.10.2022
← Oldingi modda
Modda 241. Ish haqi saqlanmaydigan taʼtil tushunchasi va uni berishning umumiy tartibi
Keyingi modda →
Modda 243. Mehnatga haq toʻlash va ish haqi tushunchalari
Qoʻshni moddalar
- 238Jamoa kelishuvlarida yoxud jamoa shartnomasida yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda ijtimoiy taʼtillarni belgilash
- 239Ijtimoiy taʼtillar berish asoslari va xodim tomonidan ulardan foydalanishning oʻziga xos xususiyatlari
- 240Ish haqi qisman saqlanadigan taʼtil
- 241Ish haqi saqlanmaydigan taʼtil tushunchasi va uni berishning umumiy tartibi
- 243Mehnatga haq toʻlash va ish haqi tushunchalari
- 244Xodimlarning mehnatiga haq toʻlash sohasidagi asosiy kafolatlar
- 245Mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorini belgilash
- 246Mehnatga haq toʻlash shartlarini va miqdorini belgilash
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.