Mehnat kodeksi 238-moddasi
Jamoa kelishuvlarida yoxud jamoa shartnomasida yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda ijtimoiy taʼtillarni belgilash
Jamoa kelishuvlarida yoxud jamoa shartnomasida yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda quyidagilar nazarda tutilishi mumkin: xodimlarga qonunchilikda belgilanmagan boshqa ijtimoiy taʼtillarni berish (nikoh tuzilganligi munosabati bilan, bola tugʻilishi munosabati bilan bolaning otasiga, xodimning yaqin qarindoshi vafot etganligi munosabati bilan va boshqalar); ijtimoiy taʼtillar davomiyligini ularning qonunchilikda belgilangan davomiyligiga nisbatan koʻpaytirish. Jamoa kelishuvlarida yoxud jamoa shartnomasida yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan taʼtillarda boʻlgan xodimlarning oʻrtacha oylik ish haqi yoki uning bir qismi saqlanib qolishi nazarda tutilishi mumkin. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan ijtimoiy taʼtillarning davomiyligi, shuningdek mazkur taʼtillarni navbatdagi har yilgi mehnat taʼtilini olish huquqini beradigan ish stajiga kiritish toʻgʻrisidagi masala xodimlarga ushbu taʼtillar berilishini belgilovchi hujjatlarda tartibga solinishi kerak.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Modda quyidagi hujjat tarkibida
O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi
Qonun № O'RQ-798, 28.10.2022
← Oldingi modda
Modda 237. Qonunchilikda belgilangan ijtimoiy taʼtillar
Keyingi modda →
Modda 239. Ijtimoiy taʼtillar berish asoslari va xodim tomonidan ulardan foydalanishning oʻziga xos xususiyatlari
Qoʻshni moddalar
- 234Har yilgi mehnat taʼtilini pulli kompensatsiya bilan almashtirish
- 235Mehnat shartnomasini bekor qilish chogʻida xodimga har yilgi mehnat taʼtilini berish
- 236Ijtimoiy taʼtillar tushunchasi
- 237Qonunchilikda belgilangan ijtimoiy taʼtillar
- 239Ijtimoiy taʼtillar berish asoslari va xodim tomonidan ulardan foydalanishning oʻziga xos xususiyatlari
- 240Ish haqi qisman saqlanadigan taʼtil
- 241Ish haqi saqlanmaydigan taʼtil tushunchasi va uni berishning umumiy tartibi
- 242Xodimning talabiga koʻra majburiy tartibda ish haqi saqlanmagan holda taʼtil berish
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.