Sanoat xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonun 15-moddasi
Sanoat xavfsizligi ekspertizasi
Sanoat xavfsizligi ekspertizasi ekspertiza obyektining unga nisbatan qoʻyiladigan sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligini baholashdir. Quyidagilar belgilangan tartibda sanoat xavfsizligi ekspertizasidan oʻtkazilishi kerak: xavfli ishlab chiqarish obyektini qurish, kengaytirish, qayta qurish, texnik jihatdan qayta jihozlash, konservatsiyalash va tugatishga doir loyiha hujjatlari; xavfli ishlab chiqarish obyektida qoʻllaniladigan texnika qurilmalari; xavfli ishlab chiqarish obyektidagi binolar va inshootlar; sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi va xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanish bilan bogʻliq boshqa hujjatlar. Sanoat xavfsizligi ekspertizasini uni oʻtkazish uchun belgilangan tartibda akkreditatsiyaga ega boʻlgan tashkilotlar xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanayotgan yoki undan foydalanishni moʻljallayotgan tashkilot mablagʻlari hisobidan oʻtkazadi. Ekspertiza xulosasi sanoat xavfsizligi ekspertizasining natijasidir. Sanoat xavfsizligi ekspertizasini oʻtkazish va ekspertiza xulosasini berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. (15-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-373-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Modda quyidagi hujjat tarkibida
Oʻzbekiston Respublikasining "Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida"gi Qonuni
Qonun № OʻRQ-57, 28.09.2006
← Oldingi modda
Modda 14. Sanoat xavfsizligi sohasidagi faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash
Keyingi modda →
Modda 16. Xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan tekshirish
Qoʻshni moddalar
- 11Xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariyaning kengayib ketishiga yoʻl qoʻymaslik va uning oqibatlarini tugatish boʻyicha harakatlarga tayyorgarlik koʻrishga oid sanoat xavfsizligi talablari
- 12Sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati
- 13 ·Xavfli ishlab chiqarish obyektida qoʻllaniladigan texnika qurilmalarini sertifikatlashtirish.
- 14 ·Sanoat xavfsizligi sohasidagi faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash
- 16Xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan tekshirish
- 17 ·Xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan tekshirish boʻyicha davlat komissiyasini tuzish
- 18Sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan ishlab chiqarish nazorati
- 19Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.