Sanoat xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonun 18-moddasi
Sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan ishlab chiqarish nazorati
Xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi tashkilot belgilangan sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan ishlab chiqarish nazoratini tashkil qilishi va amalga oshirishi shart. Sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan ishlab chiqarish nazoratini amalga oshirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. (18-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 3-yanvardagi OʻRQ-456-sonli Qonuniga aosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son) Sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan ishlab chiqarish nazoratining tashkil qilinishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar maxsus vakolatli davlat organiga yoki sanoat xavfsizligi sohasida qonunchilikka muvofiq ayrim vakolatlarga ega boʻlgan boshqa davlat organlariga taqdim etiladi. (18-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Modda quyidagi hujjat tarkibida
Oʻzbekiston Respublikasining "Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida"gi Qonuni
Qonun № OʻRQ-57, 28.09.2006
← Oldingi modda
Modda 17. Xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan tekshirish boʻyicha davlat komissiyasini tuzish
Keyingi modda →
Modda 19. Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi
Qoʻshni moddalar
- 14 ·Sanoat xavfsizligi sohasidagi faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash
- 15Sanoat xavfsizligi ekspertizasi
- 16Xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan tekshirish
- 17 ·Xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan tekshirish boʻyicha davlat komissiyasini tuzish
- 19Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi
- 20Xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya yuz bergan holda zarar yetkazganlik uchun javobgarlikni majburiy sugʻurta qilish. Ish beruvchining javobgarligi
- 21 ·Sanoat xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
- 22 ·Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.