Sanoat xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonun 19-moddasi
Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi
Aholini va hududlarni xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi avariyalardan muhofaza qilishni taʼminlash hamda davlat organlarini, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini va aholini sanoat xavfsizligining holati toʻgʻrisida xabardor etish maqsadida xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi tashkilot sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini ishlab chiqadi. Ushbu Qonun 4-moddasi 1-bandining ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshilarida koʻrsatilgan xavfli moddalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan eng yuqori normaga teng yoki undan ortiq miqdorlarda ishlab chiqariladigan, foydalaniladigan, qayta ishlanadigan, hosil qilinadigan, saqlanadigan, tashiladigan, yoʻq qilinadigan xavfli ishlab chiqarish obyektlari uchun sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini ishlab chiqish shart. Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya xavfiga berilgan har tomonlama bahoni, avariyaning oldini olish, xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi tashkilotning xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanishga, shuningdek avariyaning kengayib ketishiga yoʻl qoʻymaslik va uning oqibatlarini tugatishga tayyorligini taʼminlash yuzasidan koʻrilgan choralarning qay darajada yetarli ekanligining tahlilini oʻz ichiga olishi kerak. Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi xavfli ishlab chiqarish obyektini qurish, kengaytirish, qayta qurish, texnik jihatdan qayta jihozlash, konservatsiyalash va tugatishga doir loyiha hujjatlari tarkibida ishlab chiqiladi hamda xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanish bilan bogʻliq faoliyatga litsenziya olish uchun murojaat qilingan, sanoat xavfsizligi deklaratsiyasidagi maʼlumotlar oʻzgargan yoki sanoat xavfsizligi talablari oʻzgargan taqdirda, sanoat xavfsizligi deklaratsiyasiga aniqlik kiritiladi yoki u yangidan ishlab chiqiladi. Xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi tashkilotning sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini tasdiqlagan rahbari undagi maʼlumotlarning toʻliqligi hamda ishonchliligi uchun belgilangan tartibda javobgar boʻladi. Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda ishlab chiqiladi va davlat organlariga, jamoat birlashmalariga hamda fuqarolarga taqdim etiladi.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Modda quyidagi hujjat tarkibida
Oʻzbekiston Respublikasining "Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida"gi Qonuni
Qonun № OʻRQ-57, 28.09.2006
← Oldingi modda
Modda 18. Sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan ishlab chiqarish nazorati
Keyingi modda →
Modda 20. Xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya yuz bergan holda zarar yetkazganlik uchun javobgarlikni majburiy sugʻurta qilish. Ish beruvchining javobgarligi
Qoʻshni moddalar
- 15Sanoat xavfsizligi ekspertizasi
- 16Xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan tekshirish
- 17 ·Xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan tekshirish boʻyicha davlat komissiyasini tuzish
- 18Sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan ishlab chiqarish nazorati
- 20Xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya yuz bergan holda zarar yetkazganlik uchun javobgarlikni majburiy sugʻurta qilish. Ish beruvchining javobgarligi
- 21 ·Sanoat xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
- 22 ·Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
- 23 ·Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.