Sanoat xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonun 16-moddasi
Xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan tekshirish
Xavfli ishlab chiqarish obyektidagi har bir avariyaning vujudga kelishi fakti boʻyicha uning sabablarini texnik jihatdan tekshirish maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan tartibda oʻtkaziladi. Xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan tekshirish maxsus vakolatli davlat organining vakili boshchilik qiladigan komissiya tomonidan oʻtkaziladi. Mazkur komissiya tarkibiga quyidagilar kiritiladi: hududida xavfli ishlab chiqarish obyekti joylashgan mahalliy davlat hokimiyati organi vakillari; xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi tashkilot vakillari; qonunchilikka muvofiq boshqa tashkilotlar vakillari. (16-modda ikkinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan tekshiruvchi komissiya tekshiruvga sanoat xavfsizligi, qidiruv, loyihalash, ilmiy-tadqiqot ishlari, sugʻurta, uskunalarni tayyorlash sohasidagi va boshqa sohalardagi ekspert tashkilotlari, ekspertlar va mutaxassislarni jalb etishi mumkin. Xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi tashkilot va uning xodimlari, shuningdek boshqa tashkilotlar va davlat organlari oʻz vakolatlari doirasida xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan tekshiruvchi komissiyaga uning oʻz vakolatlarini amalga oshirishi uchun zarur axborotni taqdim etishlari shart. Xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan tekshirish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtirilib, unda avariya sabablari va holatlari, yetkazilgan zarar miqdori, sanoat xavfsizligi talablarining yoʻl qoʻyilgan buzilishlari, xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi tashkilotning bu buzilishlarga yoʻl qoʻygan xodimlari, avariyaning kengayib ketishiga yoʻl qoʻymaslik va uning oqibatlarini tugatish uchun koʻrilgan choralar hamda bunday avariyalarning oldini olishga qaratilgan takliflar koʻrsatiladi. Xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan tekshirish xarajatlarini moliyalashtirish xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Modda quyidagi hujjat tarkibida
Oʻzbekiston Respublikasining "Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida"gi Qonuni
Qonun № OʻRQ-57, 28.09.2006
← Oldingi modda
Modda 15. Sanoat xavfsizligi ekspertizasi
Keyingi modda →
Modda 17. Xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan tekshirish boʻyicha davlat komissiyasini tuzish
Qoʻshni moddalar
- 12Sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati
- 13 ·Xavfli ishlab chiqarish obyektida qoʻllaniladigan texnika qurilmalarini sertifikatlashtirish.
- 14 ·Sanoat xavfsizligi sohasidagi faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash
- 15Sanoat xavfsizligi ekspertizasi
- 17 ·Xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan tekshirish boʻyicha davlat komissiyasini tuzish
- 18Sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan ishlab chiqarish nazorati
- 19Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi
- 20Xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya yuz bergan holda zarar yetkazganlik uchun javobgarlikni majburiy sugʻurta qilish. Ish beruvchining javobgarligi
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.