Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik toʻgʻrisidagi qonun 23-moddasi

Turar joylarga koʻchib kirishga va ulardan foydalanishga doir talablar

Davlat tashkilotlari va boshqa mulkdorlar tomonidan berilayotgan turar joylar sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq boʻlishi kerak. Sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga javob bermaydigan turar joylarda fuqarolarning yashashiga yoʻl qoʻyilmaydi. Yashovchilar hovli, uy atrofi hududlarini saqlash va turar joylardan foydalanishning mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari tomonidan tasdiqlangan qoidalarini bajarishi shart. (23-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Modda quyidagi hujjat tarkibida

Oʻzbekiston Respublikasining "Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida"gi Qonuni

Qonun № OʻRQ-393, 26.08.2015

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.