Mehnat muhofazasi toʻgʻrisidagi qonun 17-moddasi
Majburiy meditsina koʻriklari
Korxona sogʻliqni saqlash idoralari tomonidan belgilangan tartibga muvofiq ravishda bir qator kasblar va ishlab chiqarishlarning xodimlarini mehnat shartnomasini imzolash paytida — dastlabki tarzda va mehnat shartnomasi amal qiladigan davrda vaqti-vaqti bilan tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni tashkil qilishi shart. Xodimlar tibbiy koʻriklardan oʻtishdan bosh tortishga haqli emaslar. Xodimlar tibbiy koʻriklardan oʻtishdan bosh tortsalar yoki oʻtkazilgan tekshirishlarning natijalari boʻyicha tibbiy komissiyalar beradigan tavsiyalarni bajarmasalar, maʼmuriyat ularni ishga qoʻymaslik huquqiga egadir. Xodim, agar u oʻzining salomatligi yomonlashishi mehnat sharoiti bilan bogʻliq deb hisoblasa, navbatdan tashqari tibbiy koʻrik oʻtkazilishini talab qilish huquqiga ega. Tibbiy koʻriklarni oʻtkazish paytida xodimning ish joyi (lavozimi) va oʻrtacha ish haqi saqlanadi.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Modda quyidagi hujjat tarkibida
O'zbekiston Respublikasining "Mehnat muhofazasi to'g'risida"gi Qonuni
№ 839-XII, 06.05.1993 (№ O'RQ-410, 22.09.2016 tahriridagi)
← Oldingi modda
Modda 16. Ishga qabul qilishda mehnatni muhofaza qilish huquqi kafolatlari
Keyingi modda →
Modda 18. Mehnat faoliyati jarayonida mehnatni muhofaza qilish huquqining kafolatlari
Qoʻshni moddalar
- 13Korxonalarda mehnatning sogʻlom va xavfsiz sharoitlarini taʼminlash
- 14Mehnatni muhofaza qilish xizmatlari
- 15 ·Xodimlarni baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan ijtimoiy sugʻurta qilish
- 16 ·Ishga qabul qilishda mehnatni muhofaza qilish huquqi kafolatlari
- 18Mehnat faoliyati jarayonida mehnatni muhofaza qilish huquqining kafolatlari
- 19Xodimlarni mehnatni muhofaza qilish boʻyicha oʻqitish va ularga yoʻl-yoʻriqlar berish
- 20 ·Mehnat sharoitlari hamda mehnatni muhofaza qilinishi toʻgʻrisida xodimlarning axborot olishga doir huquqlari
- 21 ·Xodimlarning ayrim toifalari uchun mehnatni muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishning oʻziga xos xususiyatlari
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.