Mehnat muhofazasi toʻgʻrisidagi qonun 18-moddasi
Mehnat faoliyati jarayonida mehnatni muhofaza qilish huquqining kafolatlari
Maʼmuriyat mehnatni muhofaza qilishning zamonaviy vositalarini joriy etishi va ishlab chiqarishda jarohatlanish hamda kasb kasalliklarining oldini oladigan sanitariya-gigiyena sharoitlarini taʼminlashi shart. Xodimning salomatligi yoki hayotiga xavf tugʻdiruvchi vaziyat paydo boʻlganda, u bu haqda zudlik bilan maʼmuriyatga xabar qiladi, bu hol nazorat organlari tomonidan tasdiqlangan taqdirda maʼmuriyat ishni toʻxtatishi va xavfni bartaraf etish chorasini koʻrishi shart. Maʼmuriyat tomonidan zarur choralar koʻrilmagan taqdirda, xodim ishni xavf bartaraf etilgunga qadar toʻxtatib turishga haqlidir va unga hech qanday intizomiy jazo berilmaydi. Maʼmuriyat, agar mehnatni muhofaza qilish inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan, xodimning hayoti va salomatligi uchun toʻgʻridan toʻgʻri jiddiy xavf hamon saqlanib turgan boʻlsa, undan ishni qayta boshlashni talab qilishga haqli emas va xodimga ish toʻxtatib turilgan butun davr uchun barcha moddiy ziyonni toʻlashi shart. Maʼmuriyat mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunlarni buzgan va bu nazorat qiluvchi idoralar tomonidan tasdiqlangan taqdirda, mehnat shartnomasi xodimning arizasiga koʻra, unga ishdan boʻshaganda beriladigan pul toʻlangani holda, istalgan paytda bekor qilinishi mumkin. Xodimda kasb kasalligi belgilari aniqlangan taqdirda maʼmuriyat tibbiy xulosa asosida uni ixtisosini oʻzgartirgunga qadar oʻrtacha oylik ish haqi saqlangan holda boshqa ishga oʻtkazishi lozim.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Modda quyidagi hujjat tarkibida
O'zbekiston Respublikasining "Mehnat muhofazasi to'g'risida"gi Qonuni
№ 839-XII, 06.05.1993 (№ O'RQ-410, 22.09.2016 tahriridagi)
← Oldingi modda
Modda 17. Majburiy meditsina koʻriklari
Keyingi modda →
Modda 19. Xodimlarni mehnatni muhofaza qilish boʻyicha oʻqitish va ularga yoʻl-yoʻriqlar berish
Qoʻshni moddalar
- 14Mehnatni muhofaza qilish xizmatlari
- 15 ·Xodimlarni baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan ijtimoiy sugʻurta qilish
- 16 ·Ishga qabul qilishda mehnatni muhofaza qilish huquqi kafolatlari
- 17Majburiy meditsina koʻriklari
- 19Xodimlarni mehnatni muhofaza qilish boʻyicha oʻqitish va ularga yoʻl-yoʻriqlar berish
- 20 ·Mehnat sharoitlari hamda mehnatni muhofaza qilinishi toʻgʻrisida xodimlarning axborot olishga doir huquqlari
- 21 ·Xodimlarning ayrim toifalari uchun mehnatni muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishning oʻziga xos xususiyatlari
- 22 ·Mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa meʼyoriy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.