Mehnat muhofazasi toʻgʻrisidagi qonun 19-moddasi

Xodimlarni mehnatni muhofaza qilish boʻyicha oʻqitish va ularga yoʻl-yoʻriqlar berish

Korxonalarning barcha xodimlari, shu jumladan rahbarlari oʻz kasblari va ish turlari boʻyicha davlat nazorat idoralari belgilagan tartib va muddatlarda oʻqishlari, yoʻl-yoʻriqlar olishlari, bilimlarini tekshiruvdan oʻtkazishlari hamda qayta attestatsiyadan oʻtishlari shart. Maʼmuriyat barcha yangi ishga kirayotganlar, shuningdek boshqa ishga oʻtkazilayotganlar uchun ishlarni bajarishning xavfsiz usullarini oʻrgatishni tashkil etishlari, mehnatni muhofaza qilish va baxtsiz hodisalarda jabrlanganlarga yordam koʻrsatish boʻyicha yoʻl-yoʻriqlar berishlari shart. Oʻta xavfli ishlab chiqarishlarga yoki kasbiy tanlov talab qilinadigan ishga kirayotgan xodimlar uchun mehnatni muhofaza qilish boʻyicha imtihonlar topshiriladigan va keyin vaqti-vaqti bilan qayta attestatsiyadan oʻtiladigan oʻquv oʻtkaziladi. Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha belgilangan tartibda oʻqitish, yoʻl-yoʻriqlar berish va bilimlarni tekshirishdan oʻtmagan shaxslarni ishga qoʻyish taqiqlanadi. Maʼmuriyat xodimlarning mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha malakasi muntazam oshirib borilishini taʼminlashi shart.

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Modda quyidagi hujjat tarkibida

O'zbekiston Respublikasining "Mehnat muhofazasi to'g'risida"gi Qonuni

№ 839-XII, 06.05.1993 (№ O'RQ-410, 22.09.2016 tahriridagi)

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.