Mehnat muhofazasi toʻgʻrisidagi qonun 14-moddasi

Mehnatni muhofaza qilish xizmatlari

Vazirliklar, idoralar, konsernlar, assotsiatsiyalar, boshqa xoʻjalik organlari kasaba uyushmalari Markaziy (respublika) qoʻmitasi bilan kelishib oʻzlari tasdiqlaydigan nizomga muvofiq mehnat muhofazasi ishlarini muvofiqlashtirib boradilar. Xodimlar soni 50 nafar va undan oshadigan korxonalarda maxsus tayyorgarlikka ega shaxslar orasidan mehnatni muhofaza qilish xizmatlari tuziladi (lavozimlar joriy etiladi), 50 va undan ziyod transport vositalariga ega boʻlgan korxonalarda esa bundan tashqari yoʻl harakati xavfsizligi xizmatlari tuziladi (lavozimlar joriy etiladi). Xodimlar soni va transport vositalari miqdori kamroq korxonalarda mehnatni muhofaza qilish xizmatining vazifalarini bajarish rahbarlardan birining zimmasiga yuklanadi. Mehnatni muhofaza qilish va yoʻl harakati xavfsizligi xizmatlari kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishilgan nizomlar asosida ishlaydi va oʻz maqomiga koʻra korxonaning asosiy xizmatlariga tenglashtiriladi hamda uning rahbariga boʻysunadi. Mehnatni muhofaza qilish xizmatlarining mutaxassislari barcha xodimlar mehnatni muhofaza qilish qoidalari va meʼyorlariga rioya etishlarini nazorat qilish, tarmoq boʻlinmalari rahbarlariga aniqlangan nuqsonlarni bartaraf etish haqida bajarilishi shart boʻlgan koʻrsatmalar berish, shuningdek mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunlarni buzayotgan shaxslarni javobgarlikka tortish haqida korxonalarning rahbarlariga taqdimnomalar kiritish huquqiga egadirlar. Mehnatni muhofaza qilish va yoʻl harakati xavfsizligi xizmatlarining mutaxassislari ularning xizmat vazifalariga taalluqli boʻlmagan ishlarni bajarishga jalb etilishlari mumkin emas. Mehnatni muhofaza qilish va yoʻl harakati xavfsizligi xizmatlari korxona faoliyati toʻxtatilgan taqdirdagina tugatiladi.

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Modda quyidagi hujjat tarkibida

O'zbekiston Respublikasining "Mehnat muhofazasi to'g'risida"gi Qonuni

№ 839-XII, 06.05.1993 (№ O'RQ-410, 22.09.2016 tahriridagi)

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.