Mehnat muhofazasi toʻgʻrisidagi qonun 13-moddasi
Korxonalarda mehnatning sogʻlom va xavfsiz sharoitlarini taʼminlash
Korxonadagi, har bir ish joyidagi mehnat sharoiti mehnatni muhofaza qilish standartlari, qoida va meʼyorlari talablariga muvofiq boʻlishi lozim. Korxonada mehnatning sogʻlom va xavfsiz sharoitlarini taʼminlash, ishlab chiqarishning xavfli va zararli omillari ustidan nazorat oʻrnatilishini tashkil etish va nazoratning natijalari toʻgʻrisida mehnat jamoalarini oʻz vaqtida xabardor qilish maʼmuriyat zimmasiga yuklanadi. Mehnat sharoiti zararli va xavfli ishlab chiqarishlarda, shuningdek oʻta noxush haroratli yoki ifloslanishlar bilan bogʻliq sharoitlarda bajariladigan ishlarda mehnat qiluvchilarga davlat boshqaruvi idoralari belgilagan meʼyorlarda maxsus kiyim, poyabzal va boshqa shaxsiy himoya vositalari, yuvish va dezinfeksiyalash vositalari, sut yoki unga tenglashadigan boshqa oziq-ovqat mahsulotlari, parhez ovqat bepul beriladi. Korxonada mehnatning sogʻlom va xavfsiz sharoitlarini taʼminlash yuzasidan maʼmuriyat bilan xodimlarning oʻzaro majburiyatlari jamoa shartnomasi yoki bitimida koʻzda tutiladi.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Modda quyidagi hujjat tarkibida
O'zbekiston Respublikasining "Mehnat muhofazasi to'g'risida"gi Qonuni
№ 839-XII, 06.05.1993 (№ O'RQ-410, 22.09.2016 tahriridagi)
← Oldingi modda
Modda 12. Mehnatni muhofaza qilish vositalarini yaratish va ishlab chiqarishdan korxonalarning iqtisodiy manfaatdorligini taʼminlash
Keyingi modda →
Modda 14. Mehnatni muhofaza qilish xizmatlari
Qoʻshni moddalar
- 9Korxonalar va obyektlarni loyihalash, qurish va ishlatishda, ishlab chiqarish vositalarini tayyorlash va taʼmirlashda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini taʼminlash
- 10Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassislar tayyorlash
- 11Mehnatni muhofaza qilishni moliyaviy taʼminlash
- 12Mehnatni muhofaza qilish vositalarini yaratish va ishlab chiqarishdan korxonalarning iqtisodiy manfaatdorligini taʼminlash
- 14Mehnatni muhofaza qilish xizmatlari
- 15 ·Xodimlarni baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan ijtimoiy sugʻurta qilish
- 16 ·Ishga qabul qilishda mehnatni muhofaza qilish huquqi kafolatlari
- 17Majburiy meditsina koʻriklari
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.