Mehnat muhofazasi toʻgʻrisidagi qonun 11-moddasi
Mehnatni muhofaza qilishni moliyaviy taʼminlash
Mehnatni muhofaza qilishni moliyaviy taʼminlash davlat tomonidan, shuningdek mulk shaklidan qatʼi nazar, jamoat birlashmalari, korxonalarning ixtiyoriy badallari hisobiga amalga oshiriladi. Mehnatni muhofaza qilish uchun tegishli budjetlardan alohida qayd bilan ajratiladigan budjet mablagʻlari (respublika va mahalliy) boshqaruv hamda nazorat idoralarini saqlash, ilmiy-tadqiqot ishlarini moliyaviy taʼminlash, mehnatni muhofaza qilishga oid davlatning aniq maqsadga qaratilgan dasturlarini bajarish uchun foydalaniladi. Har bir korxona mehnatni muhofaza qilish uchun zarur mablagʻlarni jamoa shartnomasida belgilanadigan miqdorda ajratadi. Korxonalarning xodimlari ana shu maqsadlar uchun qandaydir qoʻshimcha chiqim qilmaydilar. Korxonalar oʻzining xoʻjalik, tijorat, tashqi iqtisodiy va boshqa faoliyatidan keladigan foyda (daromad), shuningdek boshqa manbalar hisobiga mehnatni muhofaza qilishning markazlashtirilgan fondlarini tashkil etish huquqiga ega. (11-moddaning toʻrtinchi qismidagi ikkinchi jumla Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 1-maydagi 621-I-son Qonuniga muvofiq chiqarilib tashlangan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 102-modda) Mehnatni muhofaza qilishga moʻljallangan mablagʻlarni boshqa maqsadlarga ishlatish mumkin emas. Fondlarni tashkil etish va ulardan foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi ishtirokida belgilanadi.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Modda quyidagi hujjat tarkibida
O'zbekiston Respublikasining "Mehnat muhofazasi to'g'risida"gi Qonuni
№ 839-XII, 06.05.1993 (№ O'RQ-410, 22.09.2016 tahriridagi)
← Oldingi modda
Modda 10. Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassislar tayyorlash
Keyingi modda →
Modda 12. Mehnatni muhofaza qilish vositalarini yaratish va ishlab chiqarishdan korxonalarning iqtisodiy manfaatdorligini taʼminlash
Qoʻshni moddalar
- 7Mehnatni muhofaza qilishga oid xalqaro shartnomalar
- 8Mehnat muhofazasini meʼyoriy taʼminlash
- 9Korxonalar va obyektlarni loyihalash, qurish va ishlatishda, ishlab chiqarish vositalarini tayyorlash va taʼmirlashda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini taʼminlash
- 10Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassislar tayyorlash
- 12Mehnatni muhofaza qilish vositalarini yaratish va ishlab chiqarishdan korxonalarning iqtisodiy manfaatdorligini taʼminlash
- 13Korxonalarda mehnatning sogʻlom va xavfsiz sharoitlarini taʼminlash
- 14Mehnatni muhofaza qilish xizmatlari
- 15 ·Xodimlarni baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan ijtimoiy sugʻurta qilish
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.