Mehnat muhofazasi toʻgʻrisidagi qonun 9-moddasi

Korxonalar va obyektlarni loyihalash, qurish va ishlatishda, ishlab chiqarish vositalarini tayyorlash va taʼmirlashda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini taʼminlash

Standartlar, ergonomika, mehnatni muhofaza qilishga doir qoidalar va meʼyorlar talablariga javob bermaydigan ishlab chiqarish binolari va inshootlarini loyihalash, qurish hamda qayta qurish, ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqish, tayyorlash, taʼmirlash, texnologiyalarni joriy etishga, shu jumladan xorijdan sotib olinganlarini joriy etishga yoʻl qoʻyilmaydi. Hech bir yangi yoki qayta qurilayotgan korxona, ishlab chiqarish vositalari, agar ular Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda beriladigan xavfsizlik shahodatnomasiga ega boʻlmasa, foydalanishga qabul qilinishi va ishga tushirilishi mumkin emas. Belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan korxonalar Oʻzbekiston Respublikasining tegishli nazorat idoralari beradigan faoliyatni amalga oshirish huquqini taʼminlovchi ruxsatnomani oldindan taqdim etishlari shart. Korxonaning koʻrsatilgan ruxsatnomani olish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Mehnat xavfsizligi talablariga javob bermaydigan va ishlovchilar sogʻligʻi hamda hayotiga xavf tugʻdiruvchi korxonalar faoliyati yoki ishlab chiqarish vositalaridan foydalanish, ular mehnat xavfsizligi talablariga muvofiq holga keltirilgunga qadar, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda vakolatli idoralar tomonidan toʻxtatib qoʻyilishi kerak. Yoʻl qoʻyiladigan eng koʻp meʼyorlari (konsentratsiyasi) ishlab chiqilmagan va belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtmagan zararli moddalarni ishlab chiqarishda qoʻllash taqiqlanadi.

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Modda quyidagi hujjat tarkibida

O'zbekiston Respublikasining "Mehnat muhofazasi to'g'risida"gi Qonuni

№ 839-XII, 06.05.1993 (№ O'RQ-410, 22.09.2016 tahriridagi)

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.