Mehnat muhofazasi toʻgʻrisidagi qonun 8-moddasi
Mehnat muhofazasini meʼyoriy taʼminlash
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan birgalikda mehnatni, atrof-muhitni muhofaza qilishning ilmiy asoslangan standartlari, qoida va meʼyorlarini ishlab chiqish va qabul qilish yoʻli bilan ishlab chiqarishda mehnat xavfsizligini taʼminlash uchun zarur boʻlgan talablar darajasini belgilaydi, shuningdek kasaba uyushmalari bilan kelishilgan holda mehnat sharoitlarini yaxshilash, ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar, kasb kasalliklarining oldini olishga oid respublikaning aniq maqsadga qaratilgan dasturlarini ishlab chiqadi va moliyaviy taʼminlaydi hamda ularning bajarilishini nazorat qiladi. Vazirliklar va idoralar tegishli kasaba uyushmasi idoralari bilan kelishilgan holda mehnat sharoitlarini yaxshilashga oid tarmoq dasturlarini ishlab chiqadilar va moliyaviy taʼminlaydilar. Korxona maʼmuriyati, yollovchi, mulkdor yoxud ular vakolat bergan boshqaruv idorasi* korxonada mehnatni muhofaza qilish standartlari, qoida va meʼyorlarining talablari, shuningdek jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan majburiyatlar bajarilishini taʼminlaydi. * Matnda bundan keyin “maʼmuriyat” deb yuritiladi. Korxonalarning ishlovchilari respublikaning tegishli qonunlari va meʼyoriy hujjatlari, jamoa shartnomalari bilan belgilangan mehnatni muhofaza qilish qoidalari va meʼyorlari talablarga rioya etishlari shart.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Modda quyidagi hujjat tarkibida
O'zbekiston Respublikasining "Mehnat muhofazasi to'g'risida"gi Qonuni
№ 839-XII, 06.05.1993 (№ O'RQ-410, 22.09.2016 tahriridagi)
← Oldingi modda
Modda 7. Mehnatni muhofaza qilishga oid xalqaro shartnomalar
Keyingi modda →
Modda 9. Korxonalar va obyektlarni loyihalash, qurish va ishlatishda, ishlab chiqarish vositalarini tayyorlash va taʼmirlashda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini taʼminlash
Qoʻshni moddalar
- 4Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosati
- 5 ·Mehnatni muhofaza qilishni davlat tomonidan boshqarish
- 6Jamoat birlashmalarining mehnatni muhofaza qilish muammolariga oid qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilishda ishtirok etishi
- 7Mehnatni muhofaza qilishga oid xalqaro shartnomalar
- 9Korxonalar va obyektlarni loyihalash, qurish va ishlatishda, ishlab chiqarish vositalarini tayyorlash va taʼmirlashda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini taʼminlash
- 10Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassislar tayyorlash
- 11Mehnatni muhofaza qilishni moliyaviy taʼminlash
- 12Mehnatni muhofaza qilish vositalarini yaratish va ishlab chiqarishdan korxonalarning iqtisodiy manfaatdorligini taʼminlash
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.