Mehnat kodeksi 363-moddasi
Xodimlarni sut, davolash-profilaktika oziq-ovqati, gazlangan shoʻr suv, shaxsiy himoya va gigiyena vositalari bilan taʼminlash
Mehnat sharoiti noqulay ishlarda band boʻlgan xodimlar belgilangan normalar boʻyicha sut (shunga teng boshqa oziq-ovqat mahsulotlari), davolash-profilaktika oziq-ovqati, gazlangan shoʻr suv (issiq sexlarda ishlovchilar uchun), maxsus kiyim-bosh, sanitar kiyim-bosh, maxsus poyabzal va boshqa shaxsiy himoya va gigiyena vositalari bilan bepul taʼminlanadi. Bunday ishlarning roʻyxati, beriladigan narsalarning normalari, taʼminot tartibi va shartlari jamoa kelishuvlarida, jamoa shartnomasida, agar ular tuzilmagan boʻlsa, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishuvga koʻra qonunchilikda belgilangan normativlarga muvofiq belgilanadi. Xodimlarning shaxsiy himoya vositalarini olish, saqlash, yuvish, tozalash, taʼmirlash, dezinfeksiya qilish va zararsizlantirish ish beruvchining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Modda quyidagi hujjat tarkibida
O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi
Qonun № O'RQ-798, 28.10.2022
← Oldingi modda
Modda 362. Xodimlarni mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻl-yoʻriqdan oʻtkazish va oʻqitish
Keyingi modda →
Modda 364. Xodimni sogʻligʻi holatiga koʻra yengilroq ishga yoki noqulay ishlab chiqarish omillarining taʼsiridan xoli boʻlgan ishga oʻtkazish
Qoʻshni moddalar
- 359Ish beruvchining mehnatni muhofaza qilish sohasidagi huquq va majburiyatlari
- 360Majburiy tibbiy koʻriklar
- 361Ish joylariga qoʻyiladigan talablar
- 362Xodimlarni mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻl-yoʻriqdan oʻtkazish va oʻqitish
- 364Xodimni sogʻligʻi holatiga koʻra yengilroq ishga yoki noqulay ishlab chiqarish omillarining taʼsiridan xoli boʻlgan ishga oʻtkazish
- 365Xodimlarga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish va ularni davolash-profilaktika muassasalariga olib borish
- 366Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarini tekshirish hamda hisobga olish
- 367Xodimlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tushunchasi
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.