Mehnat kodeksi 314-moddasi
Intizomiy jazoni qoʻllash muddatlari
Intizomiy jazo intizomiy qilmish aniqlanganidan keyin darhol, biroq aniqlangan kundan eʼtiboran bir oydan kechiktirmay qoʻllaniladi, bunda xodim vaqtincha ishga layoqatsiz boʻlgan yoki taʼtilda boʻlgan davr hisobga olinmaydi. Xizmat tekshiruvi natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnoma komissiya tomonidan imzolangan kun xizmat tekshiruvi natijalari boʻyicha aniqlangan intizomiy qilmish aniqlangan kun deb hisoblanadi. Intizomiy jazo intizomiy qilmish sodir etilgan kundan eʼtiboran olti oydan kechiktirmay, taftish yoki moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish yoxud auditorlik tekshiruvi natijalariga koʻra esa, u sodir etilgan kundan eʼtiboran ikki yildan kechiktirmay qoʻllanilishi mumkin. Ushbu muddatlarga jinoyat ishini yuritish vaqti kiritilmaydi.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Modda quyidagi hujjat tarkibida
O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi
Qonun № O'RQ-798, 28.10.2022
← Oldingi modda
Modda 313. Intizomiy jazo choralarini qoʻllash tartibi
Keyingi modda →
Modda 315. Intizomiy jazoning amal qilish muddati, tugallanishi va olib tashlanishi
Qoʻshni moddalar
- 310Xizmat tekshiruvi natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnoma
- 311Xizmat tekshiruvi oʻtkazish toʻgʻrisidagi qoidalarni aniqlashtirish
- 312Intizomiy jazo choralari
- 313Intizomiy jazo choralarini qoʻllash tartibi
- 315Intizomiy jazoning amal qilish muddati, tugallanishi va olib tashlanishi
- 316Mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligi tushunchasi
- 317Mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligini aniqlashtirish
- 318Mehnat shartnomasi tarafining moddiy javobgarligi yuzaga kelishi shartlari
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.