Oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishlarida maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning namunaviy meʼyorlarini tasdiqlash haqida

Buyruq, AV ro'yxati № 2051, 02.12.2009

Maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa shaxsiy himoya vositalarini bepul berishning namunaviy me'yorlari: o'rmon xo'jaligi. Kasblar ro'yxati, himoya vositalari turlari va kiyish muddatlari.

Eslatma: Ushbu matn axborot maqsadlarida taqdim etilgan. Rasmiy versiyani olish uchun lex.uz dagi asosiy manbaga murojaat qiling.

Hujjat boʻlimlari

OʻRMON XOʻJALIGI ISHLAB CHIQARISHLARIDA MAXSUS KIYIM, MAXSUS POYABZAL VA BOSHQA YAKKA TARTIBDA HIMOYALANISH VOSITALARINI BEPUL BERISHNING NAMUNAVIY MEʼYORLARINI TASDIQLASH HAQIDA

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi “Mehnatni muhofaza qilishga doir meʼyoriy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va ishlab chiqish toʻgʻrisida”gi 267-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 2000-y., 7-son, 39-modda) ijrosini taʼminlash maqsadida buyuraman: 1. Oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishlarida maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning Namunaviy meʼyorlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi. Vazir v.b. A. XAITOV Toshkent sh., 2009-yil 23-noyabr, 70-B-son

Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2009-yil 23-noyabrdagi 70-B-sonli buyrugʻiga ILOVA. Oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishlarida maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning NAMUNAVIY MEʼYORLARI

T/rKasbi va lavozim nomlariMaxsus kiyim, maxsus poyabzal va yakka tartibda himoyalanishning boshqa vositalarining nomlariFoydalanish muddati (oy hisobida)

Oʻrmon xoʻjaligida daraxt kesish ishlarini olib borishda

1.Daraxt qulatuvchi va uning yordamchisi, daraxt kesuvchi, yogʻoch sudrab chiquvchi, kesilgan daraxtlarning yon shoxlarini kesuvchi, yordamchi ishchi, kesilgan daraxtlarni kerakli oʻlchamda kesuvchi, kesilgan yogʻochlarni jamlovchi, kesilgan yogʻochlarni yuklovchi, kesilgan maydondagi toʻnkalarni qoʻporuvchi va tozalovchiSuv oʻtkazmaydigan modda shimdirilgan ip gazlama kostum12
Suv oʻtkazmaydigan modda shimdirilgan ip gazlama shim12
Ip gazlama kombinezon12
Ip gazlama bosh kiyim12

Qishda qoʻshimcha ravishda:

Issiq tutuvchi astarli ip gazlama kurtka36
Issiq tutuvchi astarli ip gazlama shim36
Telpak36
KaskaYaroqsiz boʻlguncha
Charm poyabzal24

Oʻrmon himoyasi boʻyicha ishlarni olib borishda

2.Oʻrmon zararkunandalariga, urugʻlarni zararlantirishga qarshi qoʻllaniladigan kimyoviy qorishmalarni tayyorlovchi va sepuvchi ishchilar, kimyoviy qorishmalarni sepish vositasini taʼmirlovchi, maxsus idishlarda kimyoviy moddalarni tayyorlovchi, biolaboratoriya xodimlariChang oʻtkazmaydigan ip gazlama kostum yoki kombinezon16
Rezina etik24
Rezina qoʻlqopYaroqsiz boʻlguncha
KaskaYaroqsiz boʻlguncha
RespiratorYaroqsiz boʻlguncha
Himoyalovchi koʻzoynakNavbatchi
Ip gazlama xalat12
3.Oʻrmon yongʻinini oʻchiruvchi xizmatchilarOlovga chidamli modda shimdirilgan ip gazlama kostum24
Charm poyabzal24
Kombinatsiyalangan qoʻlqop2

Oʻrmon barpo qilish va koʻchat yetishtirishda

4.Yerlarni tayyorlash, urugʻ sepish, koʻchat ekish, daraxtlarning qator oralariga ishlov berish boʻyicha traktorchi, koʻchat, urugʻ va boshqa oʻrmon mahsulotlarini tashuvchi transport haydovchi, koʻchatxona ishchilari, issiqxona ishchilari, oʻrmon mevalarini sovuq holda qayta ishlovchilar, choʻl oʻsimliklari urugʻlarini tayyorlovchi, urugʻlarni tozalovchi va saralovchilar, urugʻlarni yuvuvchi va poʻchogʻidan ajratuvchilar, urugʻlarni bugʻlovchilar, urugʻlarni mevasidan ajratuvchilar, qamish oʻruvchilarSuv oʻtkazmaydigan modda shimdirilgan ip gazlama kostum12
Suv oʻtkazmaydigan modda shimdirilgan ip gazlama kurtka24
Charm poyabzal24

Qishda qoʻshimcha ravishda:

Issiq tutuvchi astarli ip gazlama kurtka36
Issiq tutuvchi astarli ip gazlama shim36
Telpak36
Rezina etik24

Yordamchi tarmoqlarda ishlashda a) sexlarda ishlarni olib borishda

5.Pilorama ishchisi, duradgor, tokar, toʻqima jihozlar ishchisi, elektrik, chilangarIp gazlama kombinezon12
Ip gazlama xalat12
Ip gazlama qoʻlqop2
Rezina qoʻlqop12
Charm poyabzal12
Himoyalovchi koʻzoynakNavbatchi
RespiratorYaroqsiz boʻlguncha
KaskaYaroqsiz boʻlguncha

Qishda qoʻshimcha ravishda:

Issiq tutuvchi astarli ip gazlama kurtka36
Issiq tutuvchi astarli ip gazlama shim36

b) chorvachilik ishlarini olib borishda

6.Ferma mudiri (zootexnik), vetvrach, choʻpon, asalarichiIp gazlama kostum12
Ip gazlama shim12
Ip gazlama xalat12
Ip gazlama qoʻlqop2
Charm poyabzal24
Tibbiyot qoʻlqopiYaroqsiz boʻlguncha
Asalaridan yuz himoyalovchi niqobYaroqsiz boʻlguncha

Qishda qoʻshimcha ravishda:

Issiq tutuvchi astarli ip gazlama kurtka36
Issiq tutuvchi astarli ip gazlama shim36

v) qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda

7.IshchilarIp gazlama xalat12
Ip gazlama roʻmolcha yoki beretka12
Ip gazlama qoʻlqop2
ResperatorNavbatchi

g) dorivor oʻtlarni tayyorlash va qayta tayyorlash ishlarini olib borishda

8.IshchilarRespiratorYaroqsiz boʻlguncha

Oʻrmon tuzish va loyiha qidiruv tashkiloti xodimlari

9.Yer tuzuvchi, oʻrmon tuzuvchi (taksator), partiya boshligʻi, farrosh, mashina haydovchisi, oʻlchovchi, reykachi (reperchik), topografSuv oʻtkazmaydigan modda shimdirilgan ip gazlama kostum16
Ip gazlama xalat12
Rezina kalishYaroqsiz boʻlguncha
Ip gazlama kombinezon12
Kombinatsiyalangan qoʻlqop3
Ip gazlama qoʻlqop2
Charm poyabzal24

Qishda qoʻshimcha ravishda:

Issiq tutuvchi astarli ip gazlama kurtka36
Issiq tutuvchi astarli ip gazlama shim36

Yakuniy qoida

Mazkur Namunaviy meʼyorlar Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi va Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi bilan kelishilgan. Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari M. ESANOV 2009-yil 16-noyabr Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi raisi D. JAHONGIROVA 2009-yil 16-noyabr (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 49-son, 527-modda)

Ushbu qonunga rioya qilishda yordam kerakmi?

Tashkilotingizni qonunchilik talablariga muvofiqlashtlrishda yordam beramiz.