Mehnat muhofazasi toʻgʻrisidagi qonun 4-moddasi

Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosati

Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosati: korxonaning ishlab chiqarish faoliyati natijalariga nisbatan xodimning hayoti va sogʻligʻi ustuvorligi; mehnatni muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni iqtisodiy va ijtimoiy siyosatning boshqa yoʻnalishlari bilan muvofiqlashtirib borish; mulk va xoʻjalik yuritish shakllaridan qatʼi nazar, barcha korxonalar uchun mehnatni muhofaza qilish sohasida yagona tartib-qoidalar belgilab qoʻyish; mehnatning ekologiya jihatidan xavfsiz sharoitlari yaratilishini va ish joylarida atrof-muhit holati muntazam nazorat etilishini taʼminlash; korxonalarda mehnatni muhofaza qilish talablari hamma joyda bajarilishini nazorat qilish; mehnatni muhofaza qilishni mablagʻ bilan taʼminlashda davlatning ishtirok etishi; oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida mehnat muhofazasi boʻyicha mutaxassislar tayyorlash; xavfsiz texnika, texnologiyalar va xodimlarni himoyalash vositalari ishlab chiqilishi va joriy etilishini ragʻbatlantirish; fan, texnika yutuqlaridan hamda mehnatni muhofaza qilish boʻyicha vatanimiz va chet el ilgʻor tajribasidan keng foydalanish; ishlovchilarni maxsus kiyim va poyabzal, shaxsiy himoya vositalari, parxez ovqatlari bilan bepul taʼminlash; korxonalarda mehnatning sogʻlom va xavfsiz shart-sharoitlarini yaratishga koʻmaklashuvchi soliq siyosatini yuritish; ishlab chiqarishdagi har bir baxtsiz hodisani va har bir kasb kasalligini tekshirib chiqish hamda hisobga olib borishning va shu asosda ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar hamda kasb kasalliklariga chalinishlar darajasi haqida aholini xabardor qilishning majburiyligi; ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan jabrlangan yoki kasb kasalligiga yoʻliqqan ishlovchilarning manfaatlarini ijtimoiy himoyalash; kasaba uyushmalari va boshqa jamoat birlashmalari, korxonalar va alohida shaxslarning mehnatni muhofaza qilishni taʼminlashga qaratilgan faoliyatini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash; mehnatni muhofaza qilish muammolarini hal etish chogʻida xalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish prinsiplariga asoslanadi.

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Modda quyidagi hujjat tarkibida

O'zbekiston Respublikasining "Mehnat muhofazasi to'g'risida"gi Qonuni

№ 839-XII, 06.05.1993 (№ O'RQ-410, 22.09.2016 tahriridagi)

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.