Mehnat muhofazasi toʻgʻrisidagi qonun 25-moddasi
Mehnatni muhofaza qilishga doir talablar taʼminlanmagani uchun korxonalarning javobgarligi
Korxonalar mehnatni muhofaza qilishga doir talablar taʼminlanmaganligi uchun ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan ijtimoiy sugʻurta qilish maqsadlariga oshirilgan tariflar boʻyicha mablagʻlar ajratadilar. Tariflar mehnat sharoiti, bajariladigan ishlar xavfliligi, zararliligi va ogʻirligiga bogʻliq holda vaqti-vaqti bilan qayta koʻrib chiqiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining mehnat sharoitlari davlat ekspertizasi bergan xulosa tariflarni qayta koʻrib chiqish uchun asos hisoblanadi. (25-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 12-maydagi 220-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 5-son, 89-modda)
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Modda quyidagi hujjat tarkibida
O'zbekiston Respublikasining "Mehnat muhofazasi to'g'risida"gi Qonuni
№ 839-XII, 06.05.1993 (№ O'RQ-410, 22.09.2016 tahriridagi)
← Oldingi modda
Modda 24. Kasaba uyushmalarining xodimlarning mehnati muhofaza qilinishiga doir huquqini himoya etish borasidagi huquqlari
Keyingi modda →
Modda 26. Mehnatni muhofaza qilish talablariga javob bermaydigan ishlab chiqarish ahamiyatidagi mahsulotni tayyorlaganlik va sotganlik uchun korxonalarning iqtisodiy javobgarligi
Qoʻshni moddalar
- 21 ·Xodimlarning ayrim toifalari uchun mehnatni muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishning oʻziga xos xususiyatlari
- 22 ·Mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa meʼyoriy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati
- 23Mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa meʼyoriy hujjatlarga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazorati
- 24Kasaba uyushmalarining xodimlarning mehnati muhofaza qilinishiga doir huquqini himoya etish borasidagi huquqlari
- 26Mehnatni muhofaza qilish talablariga javob bermaydigan ishlab chiqarish ahamiyatidagi mahsulotni tayyorlaganlik va sotganlik uchun korxonalarning iqtisodiy javobgarligi
- 27Mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa meʼyoriy hujjatlarni buzganlik uchun javobgarlik
- 28Ishlab chiqarishda jabrlangan xodimlarga ziyon yetkazganlik uchun korxonalarning moddiy javobgarligi
- 29 ·Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa oqibatida xodim vafot etgan taqdirda korxonaning moddiy javobgarligi
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.