Mehnat muhofazasi toʻgʻrisidagi qonun 28-moddasi
Ishlab chiqarishda jabrlangan xodimlarga ziyon yetkazganlik uchun korxonalarning moddiy javobgarligi
Maʼmuriyatning aybi bilan ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi natijasida mehnat qobiliyatini toʻliq yoki qisman yoʻqotgan xodimga Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartib va miqdorda korxona bir marta beriladigan nafaqa toʻlaydi hamda sogʻliqqa yetkazilgan shikast uchun tovon toʻlaydi. Bir marta beriladigan nafaqa miqdori jamoa shartnomasi (bitimi) bilan belgilanadi va jabrlanuvchining bir yillik maoshidan kam boʻlmasligi lozim. Agar xodim davolanish, protez qoʻydirish va tibbiy hamda ijtimoiy yordamning boshqa turlariga muhtoj boʻlsa, korxona jabrlangan xodimga bu tadbirlar bilan bogʻliq harajatlarni toʻlaydi, shuningdek jabrlanuvchining kasbini oʻzgartirib qayta tayyorlanishini va tibbiy xulosaga muvofiq ishga joylashishini taʼminlaydi yoki ana shu maqsadlar uchun ketadigan xarajatlarni qoplaydi.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Modda quyidagi hujjat tarkibida
O'zbekiston Respublikasining "Mehnat muhofazasi to'g'risida"gi Qonuni
№ 839-XII, 06.05.1993 (№ O'RQ-410, 22.09.2016 tahriridagi)
← Oldingi modda
Modda 27. Mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa meʼyoriy hujjatlarni buzganlik uchun javobgarlik
Keyingi modda →
Modda 29. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa oqibatida xodim vafot etgan taqdirda korxonaning moddiy javobgarligi
Qoʻshni moddalar
- 24Kasaba uyushmalarining xodimlarning mehnati muhofaza qilinishiga doir huquqini himoya etish borasidagi huquqlari
- 25Mehnatni muhofaza qilishga doir talablar taʼminlanmagani uchun korxonalarning javobgarligi
- 26Mehnatni muhofaza qilish talablariga javob bermaydigan ishlab chiqarish ahamiyatidagi mahsulotni tayyorlaganlik va sotganlik uchun korxonalarning iqtisodiy javobgarligi
- 27Mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa meʼyoriy hujjatlarni buzganlik uchun javobgarlik
- 29 ·Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa oqibatida xodim vafot etgan taqdirda korxonaning moddiy javobgarligi
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.