Mehnat muhofazasi toʻgʻrisidagi qonun 24-moddasi

Kasaba uyushmalarining xodimlarning mehnati muhofaza qilinishiga doir huquqini himoya etish borasidagi huquqlari

Kasaba uyushmalari xodimlarning mehnati muhofaza qilinishiga doir huquqini qonun hujjatlariga muvofiq himoya qiladilar. Kasaba uyushmalari mehnatni muhofaza qilishga doir normativ hujjatlarni ishlab chiqishda va kelishib olishda belgilangan tartibda ishtirok etadilar. Kasaba uyushmalari ishlab chiqarish vositalarini sinash va foydalanishga qabul qilish davlat komissiyalari ishida, ishlab chiqarishdagi kasb kasalliklarini tekshirishda, tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi (TMEK) majlislarida ishtirok etadilar. Xodimlarning sogʻligʻiga mehnatda mayib boʻlish oqibatida yoki oʻz mehnat vazifalarini bajarishlari bilan bogʻliq holda sogʻligʻining boshqacha tarzda shikastlanishi sababli yetkazilgan zarar qoplanishi uchun hamda ularning sogʻligʻi va mehnati muhofaza qilinishiga doir huquqlari kamsitilgan boshqa hollarda kasaba uyushmalari oʻz tashabbusi bilan yoki xodimlarning arizalariga binoan ularning huquqlarini himoya qilib, daʼvo arizalari bilan sudga murojaat etishlari mumkin. (24-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 7-dekabrdagi 320-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 1-son, 20-modda)

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Modda quyidagi hujjat tarkibida

O'zbekiston Respublikasining "Mehnat muhofazasi to'g'risida"gi Qonuni

№ 839-XII, 06.05.1993 (№ O'RQ-410, 22.09.2016 tahriridagi)

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.