Mehnat muhofazasi toʻgʻrisidagi qonun 23-moddasi

Mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa meʼyoriy hujjatlarga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazorati

Mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa meʼyoriy hujjatlarga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan mehnatni muhofaza qilish boʻyicha oʻzlari saylaydigan vakillar amalga oshiradilar. Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan vakil ish joylarida mehnat muhofazasining ahvolini moneliksiz tekshirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish toʻgʻrisida takliflar kiritish huquqiga egadir. Mehnat muhofazasi boʻyicha vakilga oʻz vazifalarini bajarishi uchun har haftada ish paytida kamida ikki soat vaqt ajratib beriladi va oʻrtacha ish haqi miqdorida haq toʻlanadi.

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Modda quyidagi hujjat tarkibida

O'zbekiston Respublikasining "Mehnat muhofazasi to'g'risida"gi Qonuni

№ 839-XII, 06.05.1993 (№ O'RQ-410, 22.09.2016 tahriridagi)

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.