Mehnat kodeksi 566-moddasi
Mehnat nizolari boʻyicha komissiya qarorining ijro etilishi
Mehnat nizolari boʻyicha komissiyaning qarorini ish beruvchi ushbu qaror ustidan shikoyat qilish uchun nazarda tutilgan oʻn kun oʻtganidan keyin uch kunlik muddatda ijro etishi kerak. Ish beruvchi ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan muddatda mehnat nizolari boʻyicha komissiyaning qarorini ijro etmagan taqdirda, komissiya tomonidan xodimga ijro varaqasi kuchiga ega boʻlgan guvohnoma (bundan buyon matnda guvohnoma deb yuritiladi) beriladi. Guvohnomada: mehnat nizosi boʻyicha qaror chiqargan mehnat nizolari boʻyicha komissiyaning nomi; qaror qabul qilingan va guvohnoma berilgan sanalar; xodimning familiyasi, ismi, otasining ismi; nizoning mohiyati boʻyicha qaror koʻrsatiladi. Guvohnoma komissiya raisi va kotibining imzolari bilan tasdiqlanadi hamda xodimga imzo qoʻydirib beriladi. Xodim mehnat nizolari boʻyicha komissiyaning qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran bir oy ichida guvohnomani olish uchun komissiyaga murojaat qilishi mumkin. Agar xodim yoki ish beruvchi yakka tartibdagi mehnat nizosini koʻrib chiqish haqidagi ariza bilan sudga murojaat qilgan boʻlsa, guvohnoma berilmaydi. Mehnat nizolari boʻyicha komissiya tomonidan berilgan hamda olingan kunidan eʼtiboran uch oydan kechiktirilmagan muddatda taqdim etilgan guvohnoma asosida davlat ijrochisi komissiyaning qarorini “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq majburiy tartibda ijro etadi. Mehnat nizolari boʻyicha komissiya ushbu moddaning beshinchi va yettinchi qismlarida belgilangan muddatlarni xodim uzrli sabablarga koʻra oʻtkazib yuborgan deb topsa, komissiya bu muddatlarni tiklaydi.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Modda quyidagi hujjat tarkibida
O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi
Qonun № O'RQ-798, 28.10.2022
← Oldingi modda
Modda 565. Maʼnaviy ziyonni kompensatsiya qilish
Keyingi modda →
Modda 567. Yakka tartibdagi mehnat nizolarini koʻrib chiquvchi organlarning qaroriga binoan toʻlangan summalarni qaytarib undirib olishning cheklanishi
Qoʻshni moddalar
- 562Xodimlarni sud xarajatlaridan ozod qilish
- 563Daʼvo miqdoriga va uni taʼminlashga doir cheklovlarning mavjud emasligi
- 564Mehnat shartnomasini gʻayriqonuniy ravishda bekor qilishda, ishdan gʻayriqonuniy ravishda chetlashtirishda yoki xodimni gʻayriqonuniy ravishda boshqa ishga oʻtkazishda aybdor boʻlgan mansabdor shaxsning zimmasiga moddiy javobgarlikni yuklash
- 565Maʼnaviy ziyonni kompensatsiya qilish
- 567Yakka tartibdagi mehnat nizolarini koʻrib chiquvchi organlarning qaroriga binoan toʻlangan summalarni qaytarib undirib olishning cheklanishi
- 568Mehnat shartnomasini bekor qilish asoslarining taʼrifini oʻzgartirish
- 569Ayrim yakka tartibdagi mehnat nizolari boʻyicha qarorlarning darhol ijro etilishi
- 570Asosiy tushunchalar
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.