Mehnat kodeksi 482-moddasi

Ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligi belgilangan noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda band boʻlgan shaxslarning mehnatiga haq toʻlash

Noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda band boʻlgan shaxslarning mehnatiga haq toʻlash ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligida xodimlar uchun xuddi ish vaqtining normal davomiyligida boʻlgani kabi miqdorda amalga oshiriladi. Zararli va (yoki) xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarda band boʻlgan xodimlarning mehnatiga haq toʻlash oshirilgan miqdorda belgilanadi. Zararli va (yoki) xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarda band boʻlgan xodimlar mehnatiga toʻlanadigan haqni oshirishning eng kam miqdori normal mehnat sharoitlaridagi har xil turdagi ishlar uchun belgilangan tarif stavkasining (maoshning) toʻrt foizini tashkil etadi. Mehnat haqini oshirishning aniq miqdorlari ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishilgan holda belgilanadi.

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Modda quyidagi hujjat tarkibida

O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi

Qonun № O'RQ-798, 28.10.2022

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.