Mehnat kodeksi 416-moddasi

Oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan xodimlar uchun har kunlik ishning (smenaning) davomiyligi

Har kunlik ishning (smenaning) davomiyligi quyidagilardan oshishi mumkin emas: oʻn beshdan oʻn olti yoshgacha boʻlgan xodimlar uchun — olti kunlik ish haftasida — toʻrt soatdan, besh kunlik ish haftasida — besh soatdan, oʻn oltidan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan xodimlar uchun esa olti kunlik ish haftasida — olti soatdan, besh kunlik ish haftasida — yetti soatu oʻttiz daqiqadan; oʻquv yili davomida ishni oʻqish bilan birga olib boruvchi umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarining oʻn beshdan oʻn olti yoshgacha boʻlgan oʻquvchilari uchun — olti kunlik ish haftasida — ikki soatdan, besh kunlik ish haftasida — ikki soatu oʻttiz daqiqadan, oʻn oltidan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan oʻquvchilari uchun esa olti kunlik ish haftasida — uch soatdan, besh kunlik ish haftasida — toʻrt soatdan. (416-moddaning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 13-fevraldagi OʻRQ-1030-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.02.2025-y., 03/25/1030/0144-son)

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Modda quyidagi hujjat tarkibida

O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi

Qonun № O'RQ-798, 28.10.2022

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.