Mehnat kodeksi 412-moddasi
Oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan shaxslarning mehnatini qoʻllash taqiqlanadigan ishlar
Oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan shaxslarning mehnatini mehnat sharoiti zararli va (yoki) xavfli boʻlgan ishlarda, yer osti ishlarida, shuningdek bajarilishi ularning hayotiga va sogʻligʻiga, xavfsizligiga va maʼnaviy jihatdan kamol topishiga ziyon yetkazishi mumkin boʻlgan ishlarda (tungi kafe va klublarda, spirtli ichimliklarni, tamaki mahsulotlarini, giyohvandlik va psixotrop moddalarni, toksik preparatlarni ishlab chiqarish, tashish hamda sotish va boshqalar) qoʻllash taqiqlanadi. Oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan xodimlarning ular uchun belgilangan yoʻl qoʻyiladigan eng koʻp normalardan ortiq boʻlgan ogʻirlikdagi yuklarni koʻtarishi va tashishi taqiqlanadi. Oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan xodimlar mehnatining qoʻllanilishi taqiqlanadigan va bajarilishi voyaga yetmaganlarning sogʻligʻiga va maʼnaviy jihatdan kamol topishiga ziyon yetkazishi mumkin boʻlgan ishlar roʻyxati, shuningdek ularning ogʻir yuklarni koʻtarishi va tashishi chogʻida yoʻl qoʻyiladigan eng koʻp normalar Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan Ijtimoiy-mehnat masalalari boʻyicha uch tomonlama respublika komissiyasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi. (412-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 13-fevraldagi OʻRQ-1030-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.02.2025-y., 03/25/1030/0144-son)
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Modda quyidagi hujjat tarkibida
O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi
Qonun № O'RQ-798, 28.10.2022
← Oldingi modda
Modda 411. Oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan shaxslarni ishga qabul qilishdagi kafolatlar
Keyingi modda →
Modda 413. Oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan shaxslarning mehnat huquqlari
Qoʻshni moddalar
- 408Mehnat shartnomasini bekor qilish chogʻida homilador ayollar uchun kafolatlar
- 409Uch yoshgacha boʻlgan bolasi bor xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilishdagi kafolatlar
- 410Oilaviy vazifalarni bajarish bilan mashgʻul shaxslardan biriga kafolatlar berish sharti
- 411Oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan shaxslarni ishga qabul qilishdagi kafolatlar
- 413Oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan shaxslarning mehnat huquqlari
- 414Oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan shaxslarning majburiy tibbiy koʻriklari
- 415Oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan xodimlar uchun qisqartirilgan ish vaqti davomiyligi
- 416Oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan xodimlar uchun har kunlik ishning (smenaning) davomiyligi
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.