Mehnat kodeksi 420-moddasi
Oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan xodimlarning ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligida mehnatiga haq toʻlash
Oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan xodimlarning mehnatiga ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligida haq toʻlash, xuddi ish vaqti davomiyligi toʻliq boʻlganda xodimlarning tegishli toifalari uchun toʻlanadigan miqdorda amalga oshiriladi. Oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan xodimlar mehnatiga vaqtbay haq toʻlashda har kungi ishning toʻliq davomiyligida tegishli toifadagi xodimlarning mehnatiga haq toʻlash darajasiga qadar qoʻshimcha haq toʻlanadi. Ishbay ishlarga qoʻyilgan oʻn sakkiz yoshga toʻlgan xodimlar mehnatiga katta yoshdagi xodimlar uchun belgilangan ishbay narxlar boʻyicha haq toʻlanib, bunda oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan xodimlarning har kungi ish vaqti davomiyligi oʻn sakkiz yoshga toʻlgan xodimlarning har kungi ish vaqti davomiyligiga nisbatan qisqartirilgan vaqt uchun tarif stavkasi boʻyicha qoʻshimcha haq toʻlanadi. Oʻquv yili davomida oʻqishdan boʻsh vaqtida ishlayotgan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan xodimlar mehnatiga ishlagan vaqtidan kelib chiqib yoki ishlab chiqarish natijasiga qarab haq toʻlanadi.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Modda quyidagi hujjat tarkibida
O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi
Qonun № O'RQ-798, 28.10.2022
← Oldingi modda
Modda 419. Oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan xodimlar uchun ishlab chiqarish normalari
Keyingi modda →
Modda 421. Mehnat shartnomasini bekor qilishda oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan xodimlar uchun qoʻshimcha kafolatlar
Qoʻshni moddalar
- 416Oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan xodimlar uchun har kunlik ishning (smenaning) davomiyligi
- 417Oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan xodimlarni xizmat safariga yuborishni, ish vaqtidan tashqari ishlarga, tungi ishlarga, dam olish kunlaridagi va ishlanmaydigan bayram kunlaridagi ishlarga jalb qilishni taqiqlash
- 418Oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan xodimlarga yillik uzaytirilgan mehnat taʼtili berish
- 419Oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan xodimlar uchun ishlab chiqarish normalari
- 421Mehnat shartnomasini bekor qilishda oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan xodimlar uchun qoʻshimcha kafolatlar
- 422Mehnat shartnomasini ota-onadan birining (ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxsning) va vakolatli organlarning talabiga koʻra bekor qilish
- 423Nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga qabul qilishdagi kafolatlar
- 424Nogironligi boʻlgan shaxslar mehnatidan ularga sogʻligʻining holatiga koʻra qarshi koʻrsatma boʻlgan ishlarda foydalanishni taqiqlash
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.