Mehnat kodeksi 375-moddasi
Ishlab chiqarish taʼlimi shartnomasining muddati va shakli
Ishlab chiqarish taʼlimi shartnomasi muayyan ishni bajarish uchun talab etiladigan malakani olish uchun zarur boʻlgan muddatga tuziladi. Ishlab chiqarish taʼlimi shartnomasi kamida ikki nusxada, yozma shaklda tuzilib, bir xil yuridik kuchga ega boʻladi va ularning har biri taraflar tomonidan imzolanadi. Ishlab chiqarish taʼlimi shartnomasining har bir nusxasi oʻquvchining va ishga qabul qilish huquqiga ega boʻlgan mansabdor shaxsning imzosi bilan tasdiqlanadi. Ish beruvchining muhri mavjud boʻlganda ishlab chiqarish taʼlimi shartnomasining barcha nusxalarida mansabdor shaxsning imzosi muhr bilan tasdiqlanadi. Ishlab chiqarish taʼlimi shartnomasining bir nusxasi oʻquvchiga beriladi, boshqasi (boshqalari) ish beruvchida saqlanadi. Ishlab chiqarish taʼlimi shartnomasining nusxasi oʻquvchi tomonidan olinganligi oʻquvchining ish beruvchida saqlanadigan ishlab chiqarish taʼlimi shartnomasi nusxasidagi qoʻshimcha imzosi bilan tasdiqlanadi.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Modda quyidagi hujjat tarkibida
O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi
Qonun № O'RQ-798, 28.10.2022
← Oldingi modda
Modda 374. Ishlab chiqarish taʼlimi shartnomasining mazmuni
Keyingi modda →
Modda 376. Ishlab chiqarish taʼlimi shartnomasining amal qilishi
Qoʻshni moddalar
- 371Kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish chogʻida xodimlarning huquq va majburiyatlari
- 372Haq toʻlanadigan ishlab chiqarish amaliyoti va haq toʻlanadigan stajirovka
- 373Ishlab chiqarish taʼlimi shartnomasi tushunchasi
- 374Ishlab chiqarish taʼlimi shartnomasining mazmuni
- 376Ishlab chiqarish taʼlimi shartnomasining amal qilishi
- 377Ishlab chiqarish taʼlimining shakllari
- 378Ishlab chiqarish taʼlimining vaqti
- 379Ishlab chiqarish taʼlimi davrida oʻquvchilarga haq toʻlash
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.