Mehnat kodeksi 342-moddasi
Xodimning toʻliq moddiy javobgarligi hollari
Yetkazilgan zarar uchun toʻliq miqdordagi moddiy javobgarlik quyidagi hollarda xodimning zimmasiga yuklatiladi: 1) toʻliq moddiy javobgarlik toʻgʻrisidagi shartnoma asosida oʻziga ishonib topshirilgan qimmatliklarning kamomadida; 2) xodim tomonidan bir martalik hujjat (tovar-moddiy qimmatliklarni olish ishonchnomasi, qabul qilish-topshirish dalolatnomasi va hokazolar) boʻyicha olingan boyliklarning but saqlanishi taʼminlanmaganda; 3) qasddan zarar yetkazilganda; 4) alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik yoki toksik modda taʼsiridan mastlik holatida zarar yetkazilganda; 5) xodimning sud tomonidan aniqlangan jinoiy harakatlari natijasida zarar yetkazilganda; 6) maʼmuriy huquqbuzarlik natijasida zarar yetkazilganda, agar bu tegishli davlat organi yoki sud tomonidan aniqlangan boʻlsa; 7) davlat sirlarini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni (tijorat, xizmat sirini yoki boshqa sirlarni) tashkil etuvchi maʼlumotlar oshkor qilinganda; 8) xodim mehnat majburiyatlarini bajarmagan taqdirda zarar yetkazilganda. Toʻliq moddiy javobgarlik ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunlarda nazarda tutilgan oʻzga hollarda ham xodimning zimmasiga yuklatilishi mumkin. Tashkilot rahbari, uning oʻrinbosarlari, tashkilot bosh buxgalteri, tashkilot alohida tuzilmasi rahbari ushbu Kodeksning 488-moddasiga muvofiq toʻliq moddiy javobgar boʻladi.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Modda quyidagi hujjat tarkibida
O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi
Qonun № O'RQ-798, 28.10.2022
← Oldingi modda
Modda 341. Xodimning toʻliq moddiy javobgarligi
Keyingi modda →
Modda 343. Toʻliq moddiy javobgarlik toʻgʻrisidagi shartnomalar
Qoʻshni moddalar
- 338Xodimning moddiy javobgarligini istisno etuvchi holatlar
- 339Ish beruvchining xodimdan zararni undirishdan voz kechish huquqi
- 340Xodimning moddiy javobgarligi doirasi
- 341Xodimning toʻliq moddiy javobgarligi
- 343Toʻliq moddiy javobgarlik toʻgʻrisidagi shartnomalar
- 344Ish beruvchining yetkazilgan zarar miqdorini va uning kelib chiqish sababini aniqlash majburiyati
- 345Yetkazilgan zararning miqdorini aniqlash
- 346Xodim tomonidan zararning oʻrnini ixtiyoriy ravishda qoplash
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.