Mehnat kodeksi 325-moddasi
Xodimning sogʻligʻiga ziyon yetkazilganda qoʻshimcha xarajatlarni kompensatsiya qilish
Xodimning sogʻligʻiga ziyon yetkazilganligi uchun javobgar boʻlgan ish beruvchi ushbu Kodeksning 323-moddasida va 324-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan toʻlovlardan tashqari jabrlanuvchiga mehnatda mayib boʻlganlik yoki kasb kasalligi tufayli kelib chiqqan qoʻshimcha xarajatlarning oʻrnini qoplashi shart. Davolanish, protezlash, qoʻshimcha ovqatlanish, dori vositalarini sotib olish, sanatoriy-kurortda davolanish xarajatlari, shu jumladan jabrlanuvchining, zarur hollarda esa uni kuzatib boruvchi shaxsning ham davolanish joyiga borish va qaytish yoʻlkirasi haqini toʻlash, oʻzgalarning parvarishi, maxsus transport vositalarini sotib olish va boshqa turdagi yordam uchun xarajatlar, agar u tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi tomonidan ushbu turdagi yordamga muhtoj deb topilsa hamda ularni tegishli tashkilotlardan bepul olish huquqiga ega boʻlmasa, shuningdek jabrlanuvchi va ish beruvchi oʻrtasida ziyonning oʻrnini qoplash boʻyicha nizo yuzaga kelgan taqdirda hamda nizo jabrlanuvchining foydasiga hal boʻlgan taqdirda koʻrsatilgan yuridik yordam uchun advokatga haq toʻlash xarajatlarining oʻrni qoplanishi lozim. Dorilarni sotib olish xarajatlari davolovchi shifokor yozib bergan belgilangan shakldagi retsept va sotib olingan dorilar koʻrsatilgan holdagi toʻlov cheki taqdim etilganidan keyin ish beruvchi tomonidan toʻlanadi. I guruh nogironligi boʻlgan shaxslar uchun tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining uy sharoitida parvarishlash zarurati toʻgʻrisidagi xulosasi talab etilmaydi (bundan ular maxsus tibbiy yordamga muhtoj boʻlgan hollar mustasno). Ushbu moddada koʻrsatilgan bir necha yordam turiga muhtoj boʻlgan jabrlanuvchiga har bir yordam turini olish bilan bogʻliq xarajatlarning oʻrni qoplanadi.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Modda quyidagi hujjat tarkibida
O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi
Qonun № O'RQ-798, 28.10.2022
← Oldingi modda
Modda 324. Xodimning sogʻligʻiga ziyon yetkazilganligi munosabati bilan yoʻqotilgan ish haqining oʻrnini qoplash uchun amalga oshiriladigan oylik toʻlovlar miqdori
Keyingi modda →
Modda 326. Xodimning sogʻligʻiga ziyon yetkazilganda mehnat shartnomasi taraflarining aralash javobgarligi
Qoʻshni moddalar
- 321Ish beruvchining xodimning hayotiga yoki sogʻligʻiga yetkazilgan ziyonning oʻrnini qoplash majburiyati
- 322Xodimning sogʻligʻiga ziyon yetkazilganligi munosabati bilan ish beruvchi tomonidan amalga oshiriladigan toʻlovlar
- 323Xodimning sogʻligʻiga ziyon yetkazilganligi munosabati bilan bir yoʻla beriladigan nafaqa miqdori
- 324Xodimning sogʻligʻiga ziyon yetkazilganligi munosabati bilan yoʻqotilgan ish haqining oʻrnini qoplash uchun amalga oshiriladigan oylik toʻlovlar miqdori
- 326Xodimning sogʻligʻiga ziyon yetkazilganda mehnat shartnomasi taraflarining aralash javobgarligi
- 327Boquvchi boʻlgan xodim vafot etganligi munosabati bilan yetkazilgan ziyonning oʻrni ish beruvchi tomonidan qoplanishiga doir huquqqa ega boʻlgan shaxslar doirasi
- 328Boquvchi vafot etganligi munosabati bilan yetkazilgan ziyonning oʻrnini ish beruvchi tomonidan qoplash muddati
- 329Boquvchi vafot etganligi munosabati bilan yetkazilgan ziyonning oʻrni ish beruvchi tomonidan qoplangan taqdirda amalga oshiriladigan toʻlovlar
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.