Mehnat kodeksi 321-moddasi
Ish beruvchining xodimning hayotiga yoki sogʻligʻiga yetkazilgan ziyonning oʻrnini qoplash majburiyati
Ish beruvchi xodimning mehnatda mayib boʻlishi va (yoki) kasb kasalligi tufayli hayotiga yoki sogʻligʻiga yetkazilgan ziyonning oʻrnini qoplashi shart. Ish beruvchi oʻz hududida ham, uning tashqarisida ham mehnat vazifalarini bajarishda, shuningdek ish beruvchi tomonidan berilgan transportda ish joyiga borish yoki ishdan qaytish vaqtida mehnatda mayib boʻlishi tufayli xodimning hayotiga yoki sogʻligʻiga yetkazilgan ziyon uchun moddiy javobgar boʻladi. Ish beruvchi, agar ziyon uning aybi bilan yetkazilmaganligini isbotlab berolmasa, mehnatda mayib boʻlish va (yoki) kasb kasalligi tufayli xodimga yetkazilgan ziyonning oʻrnini qoplashi shart. Oʻz mehnat vazifalarini bajarayotgan vaqtida yuqori xavf manbaidan xodimning hayotiga yoki sogʻligʻiga yetkazilgan ziyonning oʻrnini ish beruvchi, agar ziyon uni bartaraf etish mumkin boʻlmagan kuchlar tufayli yoki jabrlanuvchi qasddan qilganligi oqibatida kelib chiqqanligini isbotlab berolmasa, qoplashi shart.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Modda quyidagi hujjat tarkibida
O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi
Qonun № O'RQ-798, 28.10.2022
← Oldingi modda
Modda 320. Ish beruvchining xodimni mehnat qilish imkoniyatidan gʻayriqonuniy ravishda mahrum qilganligi natijasida unga yetkazilgan ziyonning oʻrnini qoplash majburiyati
Keyingi modda →
Modda 322. Xodimning sogʻligʻiga ziyon yetkazilganligi munosabati bilan ish beruvchi tomonidan amalga oshiriladigan toʻlovlar
Qoʻshni moddalar
- 317Mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligini aniqlashtirish
- 318Mehnat shartnomasi tarafining moddiy javobgarligi yuzaga kelishi shartlari
- 319Xodimga oʻrni qoplanishi lozim boʻlgan ziyon
- 320Ish beruvchining xodimni mehnat qilish imkoniyatidan gʻayriqonuniy ravishda mahrum qilganligi natijasida unga yetkazilgan ziyonning oʻrnini qoplash majburiyati
- 322Xodimning sogʻligʻiga ziyon yetkazilganligi munosabati bilan ish beruvchi tomonidan amalga oshiriladigan toʻlovlar
- 323Xodimning sogʻligʻiga ziyon yetkazilganligi munosabati bilan bir yoʻla beriladigan nafaqa miqdori
- 324Xodimning sogʻligʻiga ziyon yetkazilganligi munosabati bilan yoʻqotilgan ish haqining oʻrnini qoplash uchun amalga oshiriladigan oylik toʻlovlar miqdori
- 325Xodimning sogʻligʻiga ziyon yetkazilganda qoʻshimcha xarajatlarni kompensatsiya qilish
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.