Mehnat kodeksi 297-moddasi
Intizom toʻgʻrisidagi ustavlar va nizomlar
Intizom toʻgʻrisidagi ustavlar va nizomlar iqtisodiyotning muayyan tarmoqlari xodimlarining ayrim toifalariga, shuningdek ayrim davlat organlarining xodimlariga nisbatan tatbiq etiladigan normativ-huquqiy hujjatlar hisoblanadi, ushbu xodimlar tomonidan mehnat intizomining buzilishi oʻta ogʻir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Intizom toʻgʻrisidagi ustavlar va nizomlar Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Prezidentining farmonlari, qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlanadi. Intizom toʻgʻrisidagi ustavlar va nizomlarda ularning amal qilishi oʻziga nisbatan tatbiq etiladigan xodimlarning doirasi belgilanadi, xodimlarning, shuningdek intizomiy jazo choralarini qoʻllash huquqiga ega boʻlgan mansabdor shaxslarning huquq va majburiyatlari, ragʻbatlantirishlarning, intizomiy jazolarning turlari, ularni qoʻllash tartibi nazarda tutiladi.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Modda quyidagi hujjat tarkibida
O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi
Qonun № O'RQ-798, 28.10.2022
← Oldingi modda
Modda 296. Ichki mehnat tartibi qoidalari
Keyingi modda →
Modda 298. Mehnat tartibini tartibga soluvchi ichki hujjatlar qoidalarining haqiqiy emasligi
Qoʻshni moddalar
- 293Xodimga tegishli mol-mulkdan ish beruvchining manfaatlarini koʻzlab foydalanilganda xarajatlarni kompensatsiya qilish
- 294Kompensatsiya toʻlovlarini moliyalashtirish manbalari
- 295Mehnat intizomi tushunchasi va uni taʼminlash usullari
- 296Ichki mehnat tartibi qoidalari
- 298Mehnat tartibini tartibga soluvchi ichki hujjatlar qoidalarining haqiqiy emasligi
- 299Mehnat uchun ragʻbatlantirish
- 300Xodimning intizomiy javobgarligi
- 301Xodimni intizomiy javobgarlikka tortish asosi
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.