Mehnat kodeksi 283-moddasi
Qon va uning tarkibiy qismlarini topshirganda xodimlarga kafolatli toʻlovlar
Ish beruvchi tibbiy tekshiruvdan oʻtish kunida hamda qon va uning tarkibiy qismlarini topshirish kunida xodimlarni tibbiyot muassasalariga moneliksiz yuborishi shart. Agar ish beruvchi bilan kelishuvga binoan xodim qon va uning tarkibiy qismlarini topshirish kunida ishga chiqqan boʻlsa (bundan xodimning oʻsha kuni ishga chiqish imkoni boʻlmagan zararli va (yoki) xavfli mehnat sharoitlarida bajariladigan ishlar mustasno), unga oʻz xohishiga koʻra boshqa dam olish kuni beriladi. Har yilgi mehnat taʼtili davrida, dam olish kunida yoki ishlanmaydigan bayram kunida qon va uning tarkibiy qismlarini topshirgan taqdirda, xodimga uning xohishiga koʻra boshqa dam olish kuni beriladi. Donor boʻlgan xodimlarga bevosita qon va uning tarkibiy qismlari topshirilgan har bir kundan keyin dam olish kuni beriladi. Xodimning xohishiga koʻra bu kun yillik mehnat taʼtiliga qoʻshiladi yoki qon va uning tarkibiy qismlari topshirilgan kundan keyin yil davomida boshqa vaqtda bu kundan foydalanilishi mumkin. Tibbiy tekshiruv oʻtkaziladigan hamda qon va uning tarkibiy qismlari topshiriladigan kunda ishdan ozod qilinganda, shuningdek dam olish kunlarida xodimning oʻrtacha ish haqi saqlanadi. Donorlik faktini tasdiqlash, shu jumladan tibbiy tekshiruvdan oʻtish hamda bevosita qon va uning tarkibiy qismlarini topshirish qon xizmati tomonidan berilgan maʼlumotnoma yoki boshqa hujjat asosida amalga oshiriladi.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Modda quyidagi hujjat tarkibida
O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi
Qonun № O'RQ-798, 28.10.2022
← Oldingi modda
Modda 282. Xodimlar davlat va jamoat majburiyatlarini bajarganda beriladigan kafolatli toʻlovlar
Keyingi modda →
Modda 284. Kafolatli toʻlovlarni moliyalashtirish manbalari
Qoʻshni moddalar
- 279Kafolatli toʻlovlar va kafolatli qoʻshimcha toʻlovlar tushunchalari
- 280Ish beruvchining xodimga kafolatli toʻlovlarni amalga oshirish majburiyati
- 281Ish beruvchining xodimga kafolatli qoʻshimcha toʻlovlarni amalga oshirish majburiyati
- 282Xodimlar davlat va jamoat majburiyatlarini bajarganda beriladigan kafolatli toʻlovlar
- 284Kafolatli toʻlovlarni moliyalashtirish manbalari
- 285Kompensatsiya toʻlovlari tushunchasi
- 286Ish beruvchining xodimga kompensatsiya toʻlovlarini amalga oshirish majburiyati
- 287Xizmat safarlari chogʻidagi kompensatsiya toʻlovlari
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.