Mehnat kodeksi 281-moddasi
Ish beruvchining xodimga kafolatli qoʻshimcha toʻlovlarni amalga oshirish majburiyati
Ish beruvchi quyidagi kafolatli qoʻshimcha toʻlovlarni amalga oshirishi shart: ish beruvchiga va xodimga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra bekor turib qolish chogʻida bunday bekor turib qolish davom etgan vaqtga mutanosib ravishda hisoblangan, tarif stavkasining (maoshning) kamida uchdan ikki qismini toʻlashi; ish beruvchiga va xodimga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra xodim tomonidan mehnat normalari, mehnat (lavozim) majburiyatlari bajarilmaganda xodimning amalda ishlab bergan vaqtiga mutanosib ravishda hisoblangan tarif stavkasining (maoshning) kamida uchdan ikki qismini saqlab qolishi; tungi vaqtdagi ish uchun xodimga qoʻshimcha toʻlovni amalga oshirishi; dam olish, ishlanmaydigan bayram kunlaridagi va ish vaqtidan tashqari ish uchun oshirilgan miqdorda haq toʻlashi; oʻzi uchun ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligi belgilangan xodimlarga toʻliq ish vaqtida ishlovchi tegishli toifadagi xodimlar uchun nazarda tutilgan mehnatga haq toʻlash miqdorigacha boʻlgan qoʻshimcha toʻlovni amalga oshirishi; ushbu Kodeksda nazarda tutilgan ayrim asoslar boʻyicha mehnat shartnomasi bekor qilinganida mazkur Kodeksning 173-moddasining uchinchi qismida belgilangan miqdorda ishdan boʻshatish nafaqasini toʻlashi; qonunchilikda belgilangan tartibda oʻrtacha ish haqi yoki uning bir qismi miqdorida vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik boʻyicha nafaqa toʻlashi. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan kafolatli qoʻshimcha toʻlovlardan tashqari ish beruvchi xodimlarga ushbu Kodeksda, qonunchilikda, jamoa kelishuvlarida, jamoa shartnomasida, shuningdek ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishilgan holda qabul qilinadigan ichki hujjatlarda, mehnat shartnomasida belgilangan boshqa kafolatli qoʻshimcha toʻlovlarni amalga oshirishi shart.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Modda quyidagi hujjat tarkibida
O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi
Qonun № O'RQ-798, 28.10.2022
← Oldingi modda
Modda 280. Ish beruvchining xodimga kafolatli toʻlovlarni amalga oshirish majburiyati
Keyingi modda →
Modda 282. Xodimlar davlat va jamoat majburiyatlarini bajarganda beriladigan kafolatli toʻlovlar
Qoʻshni moddalar
- 277Mehnatga haq toʻlashning ishbay tizimida narxlarni aniqlash
- 278Normalashtirilgan topshiriqlarni va xizmat koʻrsatish normalarini belgilash
- 279Kafolatli toʻlovlar va kafolatli qoʻshimcha toʻlovlar tushunchalari
- 280Ish beruvchining xodimga kafolatli toʻlovlarni amalga oshirish majburiyati
- 282Xodimlar davlat va jamoat majburiyatlarini bajarganda beriladigan kafolatli toʻlovlar
- 283Qon va uning tarkibiy qismlarini topshirganda xodimlarga kafolatli toʻlovlar
- 284Kafolatli toʻlovlarni moliyalashtirish manbalari
- 285Kompensatsiya toʻlovlari tushunchasi
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.