Mehnat kodeksi 278-moddasi
Normalashtirilgan topshiriqlarni va xizmat koʻrsatish normalarini belgilash
Mehnatga haq toʻlashning vaqtbay tizimida normalashtirilgan topshiriqlarni, shu jumladan alohida vazifalarni va ish hajmini bajarish maqsadida xodimlarga nisbatan xizmat koʻrsatish normasi va xodimlar soni normasi belgilanishi mumkin. Muayyan ishlab chiqarish sharoitlarida normalashtirilgan topshiriqlar va xizmat koʻrsatish normalarini belgilashda mahsulot birligiga qilingan mehnat sarflari normalaridan, xodimlar soni normalaridan, ish vaqtining rejali fondlaridan va boshqa maʼlumotlardan foydalaniladi. Budjet tashkilotlarida xizmat koʻrsatish normalarini va lavozimlarni joriy etish normalarini belgilash Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, shuningdek tegishli tarmoq kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishilgan holda vakolatli davlat boshqaruvi organi tomonidan amalga oshiriladi. (278-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 13-fevraldagi OʻRQ-1030-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.02.2025-y., 03/25/1030/0144-son)
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Modda quyidagi hujjat tarkibida
O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi
Qonun № O'RQ-798, 28.10.2022
← Oldingi modda
Modda 277. Mehnatga haq toʻlashning ishbay tizimida narxlarni aniqlash
Keyingi modda →
Modda 279. Kafolatli toʻlovlar va kafolatli qoʻshimcha toʻlovlar tushunchalari
Qoʻshni moddalar
- 274Mehnat normalarini ishlab chiqish, joriy etish, almashtirish va qayta koʻrib chiqish
- 275Mehnat normalarining amal qilish muddati
- 276Ish beruvchining mehnat normalarini bajarish uchun zarur mehnat shart-sharoitlarini taʼminlash majburiyatlari
- 277Mehnatga haq toʻlashning ishbay tizimida narxlarni aniqlash
- 279Kafolatli toʻlovlar va kafolatli qoʻshimcha toʻlovlar tushunchalari
- 280Ish beruvchining xodimga kafolatli toʻlovlarni amalga oshirish majburiyati
- 281Ish beruvchining xodimga kafolatli qoʻshimcha toʻlovlarni amalga oshirish majburiyati
- 282Xodimlar davlat va jamoat majburiyatlarini bajarganda beriladigan kafolatli toʻlovlar
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.