Mehnat kodeksi 175-moddasi
Xodimning shaxsga doir maʼlumotlari
Mehnatga oid munosabatlar sababli ish beruvchiga taqdim etilgan, xodimning, shuningdek uning oila aʼzolarining hayotidagi faktlar, voqealar va holatlar toʻgʻrisidagi axborot xodimning shaxsga doir maʼlumotlaridir. Shaxsga doir maʼlumotlar jumlasiga xodim toʻgʻrisidagi quyidagi maʼlumotlar kiradi: familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi va joyi; jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (mavjud boʻlsa); maʼlumoti (qachon va qaysi taʼlim tashkilotlarini tugatganligi, diplomlari raqamlari, diplom boʻyicha tayyorgarlik yoʻnalishi yoki mutaxassisligi, malakasi); mehnat faoliyati boshlanganidan eʼtiboran bajarilgan ishlari (harbiy xizmatni qoʻshib hisoblaganda); doimiy yoki vaqtincha yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan manzili; pasportiga oid maʼlumotlar (seriyasi, raqami, kim tomonidan va qachon berilganligi) va identifikatsiya ID-karta maʼlumotlari; shaxsiy telefon raqami, elektron pochta manzili; harbiy majburiyatga daxldorligi, harbiy roʻyxatga olish boʻyicha maʼlumotlar (zaxirada boʻlgan fuqarolar va harbiy xizmatga chaqirilishi lozim boʻlgan shaxslar uchun); soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami; shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻining raqami; majburiy tibbiy koʻrik natijalari; xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari; oilaviy ahvoli, yaqin qarindoshlarining familiyasi, ismi, otasining ismi va tugʻilgan sanalari; xodimning va (yoki) uning oila aʼzolarining hayotidagi ish beruvchiga maʼlum boʻlib qolgan faktlar, voqealar hamda holatlar haqidagi boshqa maʼlumotlar. Xodimning shaxsga doir maʼlumotlari toʻgʻrisidagi axborot maxfiy axborot toifasiga taalluqlidir.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Modda quyidagi hujjat tarkibida
O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi
Qonun № O'RQ-798, 28.10.2022
← Oldingi modda
Modda 174. Mehnat shartnomasini qonunga xilof ravishda bekor qilishning huquqiy oqibatlari
Keyingi modda →
Modda 176. Xodimning shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berish chogʻidagi umumiy talablar va ularni himoya qilish kafolatlari
Qoʻshni moddalar
- 171Mehnat daftarchasini va mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi buyruqning koʻchirma nusxasini berish
- 172Mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodim bilan hisob-kitob qilish
- 173Ishdan boʻshatish nafaqasi
- 174Mehnat shartnomasini qonunga xilof ravishda bekor qilishning huquqiy oqibatlari
- 176Xodimning shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berish chogʻidagi umumiy talablar va ularni himoya qilish kafolatlari
- 177Xodimning oʻzining shaxsga doir maʼlumotlari himoya qilinishini rad etishi toʻgʻrisidagi mehnat shartnomasi shartlarining, ichki hujjatlar qoidalarining haqiqiy emasligi
- 178Xodimlarning shaxsga doir maʼlumotlarini saqlash, ulardan foydalanish va ularni berish
- 179Xodimning ish beruvchida saqlanayotgan oʻzining shaxsga doir maʼlumotlari himoya qilinishini taʼminlashga doir huquqlari
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.