Mehnat kodeksi 179-moddasi
Xodimning ish beruvchida saqlanayotgan oʻzining shaxsga doir maʼlumotlari himoya qilinishini taʼminlashga doir huquqlari
Ish beruvchida saqlanayotgan shaxsga doir maʼlumotlarining himoya qilinishini taʼminlash maqsadida xodim quyidagi huquqlarga ega: oʻzining shaxsga doir maʼlumotlari va ushbu maʼlumotlarga ishlov berish toʻgʻrisida toʻliq axborot olish; oʻzining shaxsga doir maʼlumotlaridan erkin bepul foydalanish, shu jumladan xodimning shaxsga doir maʼlumotlarini oʻz ichiga olgan har qanday yozuvning koʻchirma nusxalarini olish huquqi, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno; oʻzining shaxsga doir maʼlumotlarini himoya qilish uchun vakil belgilash; sogʻligʻining holatini aks ettiruvchi tibbiy hujjatlardan foydalanish; shaxsga doir notoʻgʻri maʼlumotlarni chiqarib tashlash, toʻgʻrilash yoki toʻliq boʻlmagan maʼlumotlarni, shuningdek ushbu Kodeks yoki boshqa qonun talablarini buzgan holda ishlov berilgan maʼlumotlarni toʻldirish toʻgʻrisida talab qilish; ilgari xodimning notoʻgʻri yoki toʻliq boʻlmagan shaxsga doir maʼlumotlari oʻziga xabar qilingan barcha shaxslarga ushbu maʼlumotlarda amalga oshirilgan barcha istisnolar, tuzatishlar yoki toʻldirishlar haqida ish beruvchi tomonidan xabar qilinishi toʻgʻrisida talab qilish; oʻzining shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berish va ularni himoya qilish chogʻida ish beruvchining barcha gʻayriqonuniy qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish, shu jumladan sudga ham shikoyat qilish. Ish beruvchi xodimning shaxsga doir maʼlumotlarini chiqarib tashlashni, tuzatishni yoki toʻldirishni rad etgan taqdirda, u ish beruvchiga oʻzining tegishli asosga noroziligi haqida yozma shaklda maʼlum qilish huquqiga ega.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Modda quyidagi hujjat tarkibida
O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi
Qonun № O'RQ-798, 28.10.2022
← Oldingi modda
Modda 178. Xodimlarning shaxsga doir maʼlumotlarini saqlash, ulardan foydalanish va ularni berish
Keyingi modda →
Modda 180. Ish beruvchi tomonidan xodimning shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berish va ularni himoya qilish tartibi buzilishining huquqiy oqibatlari
Qoʻshni moddalar
- 175Xodimning shaxsga doir maʼlumotlari
- 176Xodimning shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berish chogʻidagi umumiy talablar va ularni himoya qilish kafolatlari
- 177Xodimning oʻzining shaxsga doir maʼlumotlari himoya qilinishini rad etishi toʻgʻrisidagi mehnat shartnomasi shartlarining, ichki hujjatlar qoidalarining haqiqiy emasligi
- 178Xodimlarning shaxsga doir maʼlumotlarini saqlash, ulardan foydalanish va ularni berish
- 180Ish beruvchi tomonidan xodimning shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berish va ularni himoya qilish tartibi buzilishining huquqiy oqibatlari
- 181Ish vaqtining tushunchasi va turlari
- 182Ish vaqtining normal davomiyligi
- 183Ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligi
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.