Yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonun 25-moddasi
Yongʻin xavfsizligi sohasidagi mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish
Yongʻin xavfsizligi sohasidagi mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. (25-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Yongʻin xavfsizligi sohasidagi majburiy sertifikatlashtirilishi lozim boʻlgan mahsulotlar va xizmatlarning roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Yongʻin xavfsizligi sohasidagi mahsulotlar va xizmatlarning yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiqligini tasdiqlash uchun ular tashkilotlar hamda fuqarolar tashabbusiga koʻra ixtiyoriy sertifikatlashtirishdan oʻtkazilishi mumkin.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Modda quyidagi hujjat tarkibida
O'zbekiston Respublikasining "Yong'in xavfsizligi to'g'risida"gi Qonuni
Qonun № O'RQ-226, 30.09.2009
← Oldingi modda
Modda 24. Yongʻin xavfsizligi sohasidagi faoliyatni litsenziyalash
Keyingi modda →
Modda 26. Yongʻindan saqlash xizmatining asosiy vazifalari
Qoʻshni moddalar
- 21 ·Yongʻinga qarshi alohida rejim
- 22Yongʻin xavfsizligini ilmiy-texnik jihatdan taʼminlash
- 23 ·Yongʻin-texnik mahsulotini ishlab chiqarish
- 24 ·Yongʻin xavfsizligi sohasidagi faoliyatni litsenziyalash
- 26Yongʻindan saqlash xizmatining asosiy vazifalari
- 27 ·Yongʻindan saqlash xizmatining turlari
- 28Davlat yongʻindan saqlash xizmati
- 31Idoraviy yongʻindan saqlash xizmati
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.