Baliqchilik korxonalari xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va yakka tartibda himoyalanishning boshqa vositalarini bepul berishning namunaviy normalarini tasdiqlash haqida

Buyruq, AV ro'yxati № 2204, 03.03.2011

Maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa shaxsiy himoya vositalarini bepul berishning namunaviy me'yorlari: baliqchilik korxonalari. Kasblar ro'yxati, himoya vositalari turlari va kiyish muddatlari.

Eslatma: Ushbu matn axborot maqsadlarida taqdim etilgan. Rasmiy versiyani olish uchun lex.uz dagi asosiy manbaga murojaat qiling.

Hujjat boʻlimlari

BALIQCHILIK KORXONALARI XODIMLARI UCHUN MAXSUS KIYIM, MAXSUS POYABZAL VA YAKKA TARTIBDA HIMOYALANISHNING BOSHQA VOSITALARINI BEPUL BERISHNING NAMUNAVIY NORMALARINI TASDIQLASH HAQIDA

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir meʼyoriy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va ishlab chiqish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami, 2000-y., 7-son, 39-modda) va 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 28-29-son, 234-modda) qarorlariga muvofiq buyuraman: 1. Baliqchilik korxonalari xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va yakka tartibda himoyalanishning boshqa vositalarini bepul berishning namunaviy normalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi. Vazir A. XAITOV Toshkent sh., 2011-yil 8-fevral, 6-B-son

Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2011-yil 8-fevraldagi 6-B-son buyrugʻiga ILOVA. Baliqchilik korxonalari xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va yakka tartibda himoyalanishning boshqa vositalarini bepul berishning NAMUNAVIY NORMALARI

T/rKasbi va lavozim nomlariMaxsus kiyim, maxsus poyabzal va yakka tartibda himoyalanish vositalarining nomlariFoydalanish muddati (oy hisobida)

Sunʼiy havza ishlab chiqarishida

1.Baliqshunos, baliqchiIssiq tutuvchi rezina kostum12
Rezina plash (navbatchi)Yaroqsiz boʻlguncha
Tizzadan yuqori uzun rezina etik12
Qisqa rezina etik12
Ip gazlama qoʻlqop3
Issiq tutuvchi usti dagʻallashtirilgan rezina qoʻlqop6
Issiq tutuvchi astarli ip gazlama kurtka12
Issiq tutuvchi astarli ip gazlama shim12
Ip gazlama kostum8

Inkubatsiya sexi

2.Usta, ishchilarIp gazlama kostum8
Qisqa rezina etik12
Ip gazlama roʻmol yoki telpak8
Koʻkrakpeshli rezina fartuk8
Ip gazlama kurtka12
Usti dagʻallashtirilgan rezina qoʻlqop12
Ip gazlama qoʻlqop3

Muzlatgich sexlari

3.KompressorchiIp gazlama kostum8
Kirza etiklari12
Paxtali kurtka (navbatchi)Yaroqsiz boʻlguncha
Protivogaz (navbatchi)Yaroqsiz boʻlguncha
Ammiakdan himoyalovchi rezina kostum12
Rezina qoʻlqop12
Uzun rezina etik12
Quloqchin telpak12
4.Baliqlarni ajratuvchi ishchilarIssiq tutuvchi astarli ip gazlama kurtka12
Issiq tutuvchi astarli ip gazlama shim12
Rezina kalish12
Quloqchin telpak yoki issiq roʻmol12
Koʻkrakpeshli rezina fartuk12
Qoʻlni himoya qiluvchi rezina qoplama12
Ip gazlama qoʻlqop1
Usti dagʻallashtirilgan rezina qoʻlqop1
5.Tarozibon ustaIssiq tutuvchi astarli ip gazlama kurtka12
Issiq tutuvchi astarli ip gazlama shim12
Quloqchin telpak yoki issiq roʻmol12
Ip gazlama qoʻlqop3
6.Baliqqa ishlov beruvchiIp gazlama xalat yoki kostum8
Rezina etik16
Roʻmol yoki telpak8
Usti dagʻallashtirilgan rezina qoʻlqop1
Ip gazlama qoʻlqop1
Issiq tutuvchi astarli ip gazlama kurtka12
7.Usta, sex boshligʻiIp gazlama xalat12
Roʻmol yoki telpak12
Issiq tutuvchi kurtka12

Yordamchi tarmoqlarda ishlashda

8.Nasos stansiyasi motorchisiIp gazlama kombinezon8
Charm poyabzal8
Dielektrik kalish (navbatchi)Yaroqsiz boʻlguncha
Dielektrik qoʻlqop (navbatchi)Yaroqsiz boʻlguncha
Kombinatsiyalangan qoʻlqop1
9.Koʻchma nasos stansiyasi motorchisiIp gazlama kombinezon8
Kirza etik12
Ip gazlama xalat8
Roʻmol yoki telpak8
Rezina etik12
Ip gazlama kostum8
Issiq tutuvchi astarli ip gazlama kurtka36
Charm poyabzal12
Himoyalovchi koʻzoynakYaroqsiz boʻlguncha
Ip gazlama qoʻlqop3
10.ChilangarOlovdan himoyalovchi modda shimdirilgan ip gazlama kostum8
Issiq tutuvchi astarli ip gazlama kurtka36
Charm poyabzal12
Himoyalovchi koʻzoynakYaroqsiz boʻlguncha
Ip gazlama qoʻlqop3
11.Elektr-gaz payvandlovchiOlovdan himoyalovchi modda shimdirilgan ip gazlama kostum8
Issiq tutuvchi astarli ip gazlama kurtka24
Kirza etik12
Brezent qoʻlqop2
Quloqchin telpak18
Himoyalovchi koʻzoynak yoki shlemYaroqsiz boʻlguncha
12.Vrach, hamshira, feldsherTibbiy xalat8
Ip gazlama roʻmol yoki telpak8
13.Ombor ishchisiIp gazlama xalat yoki kombinezon8
Ip gazlama roʻmol yoki telpak8
Charm poyabzal12
Ip gazlama qoʻlqop2
Brezent qoʻlqop6
Rezina qoʻlqop8
14.ElektromontyorIp gazlama kostum8
Dielektrik qoʻlqop (navbatchi)Yaroqsiz boʻlguncha
Dielektrik kalish (navbatchi)Yaroqsiz boʻlguncha
15.Haydovchi, mashinist, traktorchi, avtokranchi, avtoyuklovchiIp gazlama kostum yoki kombinezon8
Issiq tutuvchi astarli ip gazlama kurtka36
Ip gazlama qoʻlqop3

Mazkur Namunaviy normalar Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi va Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan. Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z. ROʻZIYEV 2011-yil 1-fevral Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NARBAYEVA 2011-yil 1-fevral (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 9-son, 95-modda)

Ushbu qonunga rioya qilishda yordam kerakmi?

Tashkilotingizni qonunchilik talablariga muvofiqlashtlrishda yordam beramiz.