Madaniyat xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va yakka tartibda himoyalanishning boshqa vositalarini bepul berishning namunaviy normalarini tasdiqlash haqida

Buyruq, AV ro'yxati № 2341, 15.03.2012

Maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa shaxsiy himoya vositalarini bepul berishning namunaviy me'yorlari: madaniyat xodimlari. Kasblar ro'yxati, himoya vositalari turlari va kiyish muddatlari.

Eslatma: Ushbu matn axborot maqsadlarida taqdim etilgan. Rasmiy versiyani olish uchun lex.uz dagi asosiy manbaga murojaat qiling.

Hujjat boʻlimlari

MADANIYAT XODIMLARI UCHUN MAXSUS KIYIM, MAXSUS POYABZAL VA YAKKA TARTIBDA HIMOYALANISHNING BOSHQA VOSITALARINI BEPUL BERISHNING NAMUNAVIY NORMALARINI TASDIQLASH HAQIDA

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir meʼyoriy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va ishlab chiqish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining toʻplami, 2000-y., 7-son, 39-modda) va 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 28-29-son, 234-modda) qarorlariga muvofiq buyuraman: 1. Madaniyat xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va yakka tartibda himoyalanishning boshqa vositalarini bepul berishning namunaviy normalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi. Vazir A. XAITOV Toshkent sh., 2012-yil 5-mart, 12-B-son

Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2012-yil 5-martdagi 12-B-sonli buyrugʻiga ILOVA. Madaniyat xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va yakka tartibda himoyalanishning boshqa vositalarini bepul berishning NAMUNAVIY NORMALARI

T/rKasb va lavozim nomlariMaxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarining nomlariFoydalanish muddati (oylar hisobida)
1.Butafor (bezovchi) dekorator, rassom dekorator, boʻyoqchi dekorator, kutubxonachi, bibliografIp gazlama kostum12
Ip gazlama kombinezon yoki xalat12
Kombinatsiyalangan qoʻlqop3
RespiratorYaroqsiz boʻlguncha
2.Rassomchilik va haykaltaroshlik ustaxonasida moy qaynatish bilan band boʻlgan xodimKoʻkrakpeshli rezina fartuk6
Ip gazlama xalat12
Kombinatsiyalangan qoʻlqop3
3.Hayvonlar bilan chiqishlar va attraksionlarda ishlovchi assistentIp gazlama xalat12
Ip gazlama qoʻlqop6
4.Hayvonlarga yem tashuvchi, sayilgoh va hayvonot bogʻi farroshiKombinatsiyalangan qoʻlqop3
Koʻkrakpeshli ip gazlama fartuk yoki xalat12
5.Hayvonlarga yem tayyorlovchi mutaxassisKombinatsiyalangan qoʻlqop3
Ip gazlama kombinezon yoki xalat12
6.Hayvonot bogʻi mutaxassisiRezina fartuk12
Charm yoki rezina etik12
Kombinatsiyalangan qoʻlqop2

Tashqarida ishlashda qishda qoʻshimcha ravishda:

Issiq tutuvchi astarli ip gazlama kurtka36
Issiq tutuvchi astarli ip gazlama shim36
7.AravakashSuvni oʻtkazmaydigan plash (navbatchi)Yaroqsiz boʻlguncha
Ip gazlama xalat12
8.Liboschi, grimchiIp gazlama xalat12
Kombinatsiyalangan qoʻlqop3
9.Kimyoviy tekshirish boʻyicha laborantKislota oʻtkazmaydigan modda shimdirilgan ip gazlama xalat12
Rezina fartuk (navbatchi)Yaroqsiz boʻlguncha
Rezina qoʻlqop3
Himoyalovchi koʻzoynakYaroqsiz boʻlguncha
10.Ganchkor, haykaltarosh-texnik, modelsoz usta, quyma jismlarni qoliplovchi, rassomlik maketlarini yasovchiIp gazlama xalat12
Rezina fartuk (navbatchi)Yaroqsiz boʻlguncha
Kombinatsiyalangan qoʻlqop3
11.Sahna quruvchi, rekvizitchi, uniformachi, dor moslamalari bilan shugʻullanuvchi mashinist, sahna yuqorisidagi ishlarda band boʻlgan xodimIp gazlama yarim kombinezon12
Kombinatsiyalangan qoʻlqop3

Yuqoridagi ishlarda band boʻlganda qoʻshimcha ravishda:

Himoyalovchi kamar (navbatchi)Yaroqsiz boʻlguncha
12.Shamollatish va sovutish uskunalari mutaxassisi, mashinistIp gazlama yarim kombinezon12
Kombinatsiyalangan qoʻlqop3
13.Ovoz berish moslamalari mexanigi, ovoz operatoriIp gazlama yarim kombinezon12
Kombinatsiyalangan qoʻlqop3
Shovqinga qarshi naushniklar (navbatchi)Yaroqsiz boʻlguncha
14.Idish yuvuvchiKoʻkrakpeshli ip gazlama fartuk12
Rezina yengchaYaroqsiz boʻlguncha
15.Sahna elektr tarmogʻi ustasiIp gazlama kostum12
Dielektrik qoʻlqop (navbatchi)Yaroqsiz boʻlguncha

Tashqarida sahna oʻrnatishda qishda qoʻshimcha ravishda:

Issiq tutuvchi astarli ip gazlama kurtka36
Issiq tutuvchi astarli ip gazlama shim36
16.MassajchiIp gazlama xalat12
Kombinatsiyalangan qoʻlqop3
17.Sahna yorituvchiIp gazlama yarim kombinezon12
Kombinatsiyalangan qoʻlqop3
Dielektrik qoʻlqop (navbatchi)Yaroqsiz boʻlguncha
Dielektrik kalish (navbatchi)Yaroqsiz boʻlguncha
18.Xlorlovchi uskuna operatoriIp gazlama xalat12
Rezina fartuk6
Rezina qoʻlqop (navbatchi)Yaroqsiz boʻlguncha
Protivogaz (navbatchi)Yaroqsiz boʻlguncha
19.Buyum va dekoratsiyaga olov oʻtkazmaydigan moddani singdiruvchi, rassom ustaxonasida yordamchi ishchiIp gazlama kostum12
Koʻkrakpeshli rezina fartuk12
Kombinatsiyalangan qoʻlqop3
20.Attraksion, tir xizmatchisi, qayiqlar bekati ishchisi, chipta nazoratchisiIp gazlama xalat12
Ip gazlama qoʻlqop3
21.Yassi sport anjomlarini taʼmirlovchiIp gazlama xalat12
Koʻkrakpeshli rezina fartuk12
Ip gazlama qoʻlqop3
22.Noyob va nodir kitoblar, qoʻlyozmalar va hujjatlarni qayta tiklovchiIp gazlama xalat12
Ip gazlama qoʻlqop3
23.Musiqa asboblarini taʼmirlovchiIp gazlama xalat12
24.Issiqxona va oranjereya xoʻjaligi bogʻboniIp gazlama yarim kombinezon12
Kombinatsiyalangan qoʻlqop3
25.Ishlab chiqarish moslamalari, shamollatish qurilmalari va kommunikatsiyalarga xizmat koʻrsatuvchi chilangar-taʼmirlovchi, mexanik, ustaIp gazlama yarim kombinezon12
Kombinatsiyalangan qoʻlqop3
Himoyalovchi koʻzoynakYaroqsiz boʻlguncha
RespiratorYaroqsiz boʻlguncha
26.Hayvonlar terisini qayta ishlovchi taksidermistKoʻkrakpeshli rezina fartuk12
Rezina yengcha12
Kombinatsiyalangan qoʻlqop3
27.Ot oʻrgatuvchiIp gazlama kostum12
Kombinatsiyalangan qoʻlqop3
28.Dekoratsiya oʻrnatuvchiIp gazlama kostum12
Kombinatsiyalangan qoʻlqop3
Nam oʻtkazmaydigan plash (navbatchi)Yaroqsiz boʻlguncha

Qishda qoʻshimcha ravishda:

Issiq tutuvchi astarli ip gazlama kurtka36
Issiq tutuvchi astarli ip gazlama shim36
29.Kimyoviy usulda suv tozalash moslamasi ustasiIp gazlama xalat12
Koʻkrakpeshli rezina fartuk12
Rezina yengcha (navbatchi)Yaroqsiz boʻlguncha
Rezina qoʻlqop6
Rezina etik24
Ip gazlama qalpoq yoki roʻmol24

Qishda qoʻshimcha ravishda:

Issiq tutuvchi astarli ip gazlama kurtka36
30.ArxivchiIp gazlama kostum12
Ip gazlama qoʻlqop6
31.Vivariya va terrariumdagi (suvda va quruqlikda sudralib yuruvchi) jonivorlarga qarovchiIp gazlama xalat12
Koʻkrakpeshli rezina fartuk12
Rezina etik12
Rezina qoʻlqop12
Ip gazlama qalpoq yoki roʻmol24

Qishda qoʻshimcha ravishda:

Issiq tutuvchi astarli ip gazlama kurtka36
32.Yuk tashuvchiBrezent kurtka12
Tizzasi brezent himoyali ip gazlama shim12
Brezent qoʻlqop3
Himoyalovchi koʻzoynakYaroqsiz boʻlguncha

Qishda qoʻshimcha ravishda:

Issiq tutuvchi astarli ip gazlama kurtka36
Issiq tutuvchi astarli ip gazlama shim36
33.GarderobchiIp gazlama xalat12
34.Koʻcha supuruvchiIp gazlama xalat12
Ip gazlama qalpoq yoki roʻmol36
Nam oʻtkazmaydigan plash36
Kombinatsiyalangan qoʻlqop3
Rezina etik12
35.Sanitar-dezinfeksiyalovchiIp gazlama xalat12
Rezina qoʻlqop12
Rezina etik12
36.Tosh yoʻnuvchiIp gazlama yarim kombinezon12
Charm poyabzal12
Kafti charmli ip gazlama qoʻlqop6
37.Omborxona ishchisiIp gazlama xalat12
Kombinatsiyalangan qoʻlqop3
Charm poyabzal12

Qishda qoʻshimcha ravishda:

Issiq tutuvchi astarli ip gazlama kurtka36
Issiq tutuvchi astarli ip gazlama shim36
38.Mehmonxona xoʻjalik bekasiIp gazlama xalat12
Ip gazlama qoʻlqop3
39.OtboqarIp gazlama kostum12
Rezina etik12
Koʻkrakpeshli brezent fartuk12

Qishda qoʻshimcha ravishda:

Issiq tutuvchi astarli ip gazlama kurtka36
Issiq tutuvchi astarli ip gazlama shim36
40.Tunuka ustasiIp gazlama kostum12
Brezent shim12
Brezent qoʻlqop2
Himoya kaskasi (navbatchi)Yaroqsiz boʻlguncha
Himoyalovchi koʻzoynakYaroqsiz boʻlguncha
41.Rassomchilik buyumlarini loklovchi, boʻyoqchiIp gazlama xalat12
Ip gazlama qoʻlqop3
ResperatorYaroqsiz boʻlguncha
42.Qoʻl purkagichda ishlaydigan boʻyoqchiIp gazlama kombinezon12
Charm poyabzal12
Ip gazlama shlem12
RespiratorYaroqsiz boʻlguncha
Himoyalovchi koʻzoynakYaroqsiz boʻlguncha
43.Maxsus idish va qoplarni qayta ishlovchi, yuvuvchi, tozalovchiSuv oʻtkazmaydigan modda shimdirilgan ip gazlama kombinezon12
Koʻkrakpeshli rezina fartuk12
Rezina etik12
Rezina qoʻlqop6
RespiratorYaroqsiz boʻlguncha
44.Boʻyoq qoldiqlarini yuvuvchiSuv oʻtkazmaydigan ip gazlama kostum12
Rezina fartuk12
Rezina etik12
Rezina qoʻlqop3

Qishda qoʻshimcha ravishda:

Issiq tutuvchi astarli ip gazlama kurtka36
Issiq tutuvchi astarli ip gazlama shim36
45.Shamollatish, sovutgich va havo haydash moslamalari mashinistiIp gazlama kostum12
Kombinatsiyalangan qoʻlqop3
46.Yuklarni ortish-tushirish mashinasi mashinistiIp gazlama kombinezon12
Charm botinka12
Kombinatsiyalangan qoʻlqop3

Qishda qoʻshimcha ravishda:

Issiq tutuvchi astarli ip gazlama kurtka36
47.Maxsus kiyimlarni tozalovchi mashinist, kiyimlarni qoʻlda yuvuvchiKoʻkrakpeshli rezina fartuk6
Rezina etik12
Rezina qoʻlqop6
Chang oʻtkazmaydigan ip gazlama kostum12
48.Park va bogʻlarda oʻt oʻrish kombayn (gazonakasitel) mashinistiBrezent shim12
Kombinatsiyalangan qoʻlqop3
Ip gazlama kostum12
49.Maxsus oyoq kiyimlarni taʼmirlovchiKoʻkrakpeshli rezina fartuk6
Himoyalovchi koʻzoynakYaroqsiz boʻlguncha
Ip gazlama kombinezon12
50.BogʻbonIp gazlama xalat12
Kombinatsiyalangan qoʻlqop3
Rezina yoki kirza etik12

Qishda qoʻshimcha ravishda:

Issiq tutuvchi astarli ip gazlama kurtka36
Issiq tutuvchi astarli ip gazlama shim36
51.Chilangar-santexnikKombinatsiyalangan qoʻlqop3
Rezina etik12
Ip gazlama kombinezon12
52.DuradgorKombinatsiyalangan qoʻlqop3
Ip gazlama xalat12
53.TikuvchiIp gazlama xalat12
54.FarroshKombinatsiyalangan qoʻlqop3
Ip gazlama xalat12

Yakuniy qoida Mazkur Namunaviy normalar Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va Madaniyat va sport ishlari vazirligi bilan kelishilgan. Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NARBAYEVA 2012-yil 1-mart Madaniyat va sport ishlari vaziri T. QOʻZIYEV 2012-yil 1-mart (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 11-son, 126-modda)

Ushbu qonunga rioya qilishda yordam kerakmi?

Tashkilotingizni qonunchilik talablariga muvofiqlashtlrishda yordam beramiz.