Maishiy xizmat koʻrsatish xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va yakka tartibda himoyalanishning boshqa vositalarini bepul berishning namunaviy normalarini tasdiqlash haqida

Buyruq, AV ro'yxati № 2226, 10.05.2011

Maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa shaxsiy himoya vositalarini bepul berishning namunaviy me'yorlari: maishiy xizmat ko'rsatish. Kasblar ro'yxati, himoya vositalari turlari va kiyish muddatlari.

Eslatma: Ushbu matn axborot maqsadlarida taqdim etilgan. Rasmiy versiyani olish uchun lex.uz dagi asosiy manbaga murojaat qiling.

Hujjat boʻlimlari

MAISHIY XIZMAT KOʻRSATISH XODIMLARI UCHUN MAXSUS KIYIM, MAXSUS POYABZAL VA YAKKA TARTIBDA HIMOYALANISHNING BOSHQA VOSITALARINI BEPUL BERISHNING NAMUNAVIY NORMALARINI TASDIQLASH HAQIDA

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir meʼyoriy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va ishlab chiqish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining toʻplami, 2000-y., 7-son, 39-modda) va 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 28-29-son, 234-modda) qarorlariga muvofiq buyuraman: 1. Maishiy xizmat koʻrsatish xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va yakka tartibda himoyalanishning boshqa vositalarini bepul berishning namunaviy normalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi. Vazir A. XAITOV Toshkent sh., 2011-yil 25-aprel, 21-B-son

Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2011-yil 25-apreldagi 21-B-son buyrugʻiga ILOVA. Maishiy xizmat koʻrsatish xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va yakka tartibda himoyalanishning boshqa vositalarini bepul berishning NAMUNAVIY NORMALARI

T/rKasb va lavozim nomlariMaxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarining nomlariFoydalanish muddati (oylar hisobida)

I. Kimyoviy tozalash va boʻyash korxonalari

1.Eritmalarni yogʻsizlantirish bilan band boʻlgan yogʻsizlantirish apparatchisiIp gazlama kombinezon12
Charm poyabzal12
Brezent qoʻlqop3
2.DazmollovchiIp gazlama xalat12
3.ButlovchiIp gazlama xalat12

Tayyor buyurtmalarni qadoqlashda

Ip gazlama fartuk12
4.Nazoratchi, buyurtmalarni qabul qiluvchi, bosh kiyimlar modelisti, toʻqish, toʻrlab yamash va mahkamlash ishlari bilan shugʻullanuvchi gilamlar restavratoriIp gazlama xalat12
5.BoʻyoqchiIp gazlama xalat12
Rezina koʻkrakpeshli fartuk9
Rezina etik9
Rezina qoʻlqop3
6.Presslash va bugʻlash uskunalarida ishlovchi parlovchi-presslovchi, belgi qoʻyish,chok tushirish qoʻl ishlari bilan band tikuvchiRezina koʻkrakpeshli fartuk12
7.Dogʻni ketkazuvchiIp gazlama xalat12
Rezina fartuk6
Rezina qoʻlqop6

Sovun-sodali eritma bilan ishlarni bajarishda qoʻshimcha ravishda:

Rezina etik12
8.Yuklarni qabul qilish, topshirish, yuklash, tushirish va kuzatish ishlarini bajaruvchi transportirovkachiIp gazlama xalat6

Qishda qoʻshimcha ravishda:

Issiq tutuvchi astarli ip gazlama kurtka24
9.Gilamlarni eritmalar bilan tozalovchiSuv oʻtkazmaydigan modda shimdirilgan ip gazlama koʻkrakpeshli fartuk12
Rezina etik12

II. Kiyimni yakka tartibda tikish va taʼmirlash korxonalari

10.DazmollovchiIp gazlama xalat12
11.Butlovchi, kiyim modelisti, badiiy va oddiy gazlama toʻrlovchiIp gazlama xalat12
12.Xom ashyo va yarim fabrikatlarni nazorat qiluvchi (moʻynachilik sanoati)Rezina koʻkrakpeshli fartuk6
Rezina qoʻlqop3
13.Moʻyna va qoʻy terisini boʻyovchiIp gazlama xalat12
Rezina koʻkrakpeshli fartuk6
Rezina etik12
Rezina qoʻlqop2
14.Kiyimlarni tuzatish boʻyicha tikuvchiIp gazlama koʻkrakpeshli fartuk12
15.Burmalovchi-gofrirovkachiSuv oʻtkazmaydigan modda shimdirilgan ip gazlama xalat12
Kombinatsiyalangan qoʻlqop3
16.Moʻyna terilari va buyumlar bichimini tuzatuvchiIp gazlama koʻkrakpeshli fartuk12
17.Teri qabul qiluvchi-topshiruvchiRezina koʻkrakpeshli fartuk6
18.Quruq joylarni (choʻntak, chok) tozalovchi ishchiIp gazlama xalat12
19MoʻynadoʻzIp gazlama koʻkrakpeshli fartuk12
20.Ventilyatsiya qurilmalarini tozalovchi, uskunalarni tozalovchiIp gazlama kombinezon12
21Teri buyumlarini tikuvchiIp gazlama koʻkrakpeshli fartuk12
22.Teri buyumlarini tikuvchi, tikuvchi-motoristkaIp gazlama koʻkrakpeshli fartuk12
23.Atelyeda qabul qiluvchiIp gazlama fartuk12

III. Maishiy texnika va radiotelevizion apparaturalarini taʼmirlashda

24.Qorovul (vaxtyor)Ochiq-pulli avtomobil va boshqa transport vositalarini saqlash joylarida ishlashda:
Ip gazlama xalat12
Suv oʻtkazmaydigan plash (navbatchi)Yaroqsiz boʻlguncha

Qishda qoʻshimcha ravishda:

Issiq tutuvchi astarli ip gazlama kurtka36
Issiq tutuvchi astarli ip gazlama shim36
25.Maishiy kesuvchi asboblarni charxlovchiIp gazlama koʻkrakpeshli fartuk12
Kombinatsiyalangan qoʻlqop3
Himoyalovchi koʻzoynakYaroqsiz boʻlguncha
26.Maishiy mashina va asbob-uskunalarni qabul qilish va taʼmirlash ishlarini bajaruvchi, buyurtmalarni qabul qiluvchiIp gazlama fartuk12
27.Radiotelevizionapparaturalarni taʼmirlash va xizmat koʻrsatish boʻyicha mexanikIp gazlama fartuk12
Dielektrik qoʻlqop (navbatchi)Yaroqsiz boʻlguncha
Himoya qiluvchi niqob (navbatchi)Yaroqsiz boʻlguncha
28.Tashqaridagi ishlarni bajaruvchi qabul qiluvchi televizion antenna radiomontyoriQalpoqchali suv oʻtkazmaydigan plash (navbatchi)Yaroqsiz boʻlguncha
Charm botinka12
Kombinatsiyalangan qoʻlqop3
Dielektrik kalish (navbatchi)Yaroqsiz boʻlguncha
Dielektrik qoʻlqop (navbatchi)Yaroqsiz boʻlguncha

Qishloqlarda, shahar tashqarisida va shaharchalarda ishlashda qoʻshimcha ravishda:

Charm botinka oʻrniga kirza etik12

Qishda qoʻshimcha ravishda:

Issiq tutuvchi astarli ip gazlama kurtka36
Issiq tutuvchi astarli ip gazlama shim36
29.Puflab chalinadigan asboblarni taʼmirlovchi — restavratorIp gazlama koʻkrakpeshli fartuk12
Kombinatsiyalangan qoʻlqop6
30.Klavishli asboblarni taʼmirlovchi — restavrator, kamoncha bilan chalinadigan va chertib chalinadigan asboblarni taʼmirlovchi — restavrator, tilchali asboblarni taʼmirlovchi — restavratorIp gazlama koʻkrakpeshli fartuk6
31.Chilangar-taʼmirlovchiSeyf, temir shkaf, tarozilarni tuzatuvchi:
Ip gazlama kombinezon12

Qishda avtomobil tarozilarini taʼmirlashda qoʻshimcha ravishda:

Issiq tutuvchi astarli ip gazlama kurtka36

Uy-roʻzgʻor buyumlari (aravacha, tikuv mashinasi)ni taʼmirlash ishlarini bajarishda:

Ip gazlama koʻkrakpeshli fartuk6

Maishiy elektr jihozlarni (muzlatkich, changyutkich, elektr ustara, elektr plita) taʼmirlashda:

Ip gazlama kombinezon12
Dielektrik gilamcha (navbatchi)Yaroqsiz boʻlguncha
32.Nazorat-oʻlchov asbobi va avtomatika boʻyicha chilangar, fotoapparat, elektron hisoblagich, elektron tarozi va boshqa asboblarni sozlovchiIp gazlama xalat12
33.Avtomobil, mototsikl, mopedlarni taʼmirlovchi va texnik xizmat koʻrsatuvchi avtomobil taʼmiri boʻyicha chilangarIp gazlama yarim kombinezon12
Dielektrik qoʻlqop (navbatchi)Yaroqsiz boʻlguncha
Rezina etik12
34.Avtomobil, mototsikl karbyuratorini sozlovchi va taʼmirlovchi yoqilgʻi apparatura boʻyicha chilangarIp gazlama yarim kombinezon12
Kombinatsiyali qoʻlqop3
35.SoatsozIp gazlama xalat12
36.Elektr jihozlarni taʼmirlash boʻyicha elektr montyor, elektr jihozlarga xizmat koʻrsatish boʻyicha elektr montyorIp gazlama yarim kombinezon12
Dielektrik qoʻlqop (navbatchi)Yaroqsiz boʻlguncha

IV. Yakka tartibda poyabzal tikish va taʼmirlash korxonalari

37.Charm materiallarni kesuvchiIp gazlama koʻkrakpeshli fartuk12
38.Poyabzal ust qismini tayyorlovchiIp gazlama koʻkrakpeshli fartuk12
39.Poyabzal choʻzuvchiIp gazlama koʻkrakpeshli fartuk12
40.Detallarni yelimlovchiIp gazlama koʻkrakpeshli fartuk12
41.Yelim va eritgichlar bilan ishlovchi detal va buyumlarni moylovchiIp gazlama koʻkrakpeshli fartuk12
Rezina qoʻlqop3
42.ToʻshovchiIp gazlama koʻkrakpeshli fartuk12
43.Yakka tartibda poyabzal tikish boʻyicha poyabzaldoʻzIp gazlama kostyum12
Ip gazlama koʻkrakpeshli fartuk12
44.Poyabzal taʼmirlash boʻyicha poyabzaldoʻz, buyurtma qabul qiluvchiQalin matodan tikilgan ip gazlama koʻkrakpeshli fartuk6
45.Buyumlarni pardozlovchiIp gazlama koʻkrakpeshli fartuk12
46.TuzatuvchiIp gazlama fartuk12
47.Poyabzal past qismini presslovchi — vulkanizatorchiIp gazlama fartuk12
Kombinatsiyalangan qoʻlqop3
48.Poyabzal past qismini biriktiruvchiIp gazlama koʻkrakpeshli fartuk12
49.BichuvchiIp gazlama koʻkrakpeshli fartuk12
50.Poyabzal qolipini taʼmirlovchiIp gazlama fartuk12
51.Poyabzalni qolipdan oluvchiIp gazlama koʻkrakpeshli fartuk12
52.Poyabzal frezerlovchiIp gazlama xalat12
53.Poyabzal va qolip tozalovchiIp gazlama fartuk12
54.Dagʻal teriga ishlov beruvchiIp gazlama xalat12
Himoyalovchi koʻzoynakYaroqsiz boʻlguncha
55.SilliqlovchiIp gazlama xalat12
Himoyalovchi koʻzoynakYaroqsiz boʻlguncha

V. Foto va kino studiyalar

56.Asl nusxalarni konturlovchiIp gazlama koʻkrakpeshli fartuk6
57.Nusxalarni hoshiyalovchiIp gazlama koʻkrakpeshli fartuk12
Ip gazlama yenglik6
58.Buyurtma qabul qiluvchi, fotografIp gazlama xalat12
59.RetusherIp gazlama xalat12
Ip gazlama yenglik6

Faqat pozitiv boʻyashda:

Ip gazlama koʻkrakpeshli fartuk6
60.FotolaborantRezina fartuk12
Rezina qoʻl��op (navbatchi)Yaroqsiz boʻlguncha

Fotonusxalarga ishlov berishda:

Rezina koʻkrakpeshli fartuk6

Fotonusxalarni yuvishda:

Rezina koʻkrakpeshli fartuk6
Rezina qoʻlqop (navbatchi)6

Fotonusxalarni saralashda:

Ip gazlama xalat12

Fiksaj ishlarida:

Ip gazlama xalat12
Rezina fartuk6
Rezina qoʻlqop6

VI. Noishlab chiqarish xizmat turlari

61.YukchiIp gazlama kombinezon12
Kombinatsiyalangan qoʻlqop3

Qishda qoʻshimcha ravishda:

Issiq tutuvchi astarli ip gazlama kurtka36
Issiq tutuvchi astarli ip gazlama shim36
62.Oʻtin yoruvchiIp gazlama kombinezon12
Kombinatsiyalangan qoʻlqop3

Qishda qoʻshimcha ravishda:

Issiq tutuvchi astarli ip gazlama kurtka36
63.EnagaIp gazlama xalat12
Tibbiyot niqobi2
64.ParketchiIp gazlama yarim kombinezon12
65.Uy tozalovchi ishchiIp gazlama yarim kombinezon12
Rezina qoʻlqop2
66.Tomni qordan tozalovchi ishchiIssiq tutuvchi astarli ip gazlama kurtka36
Issiq tutuvchi astarli ip gazlama shim36
Rezina (yoki kirza) etik12
67.Yogʻoch poʻsti va titilgan poʻstlogʻini tayyorlash, quritish, tutam qilib bogʻlash, taxlash, saralash, qabul qilish ishlarini bajaruvchi ishchiIp gazlama koʻkrakpeshli fartuk6
Kombinatsiyalangan qoʻlqop2
68.Shishani artib tozalovchiIp gazlama yarim kombinezon12
Kombinatsiyalangan qoʻlqop3
69.Buyumlarni garovxonada saqlash uchun qabul qiluvchi omborchi, tovarshunosIp gazlama xalat12

VII. Qishloq xoʻjaligida xizmat koʻrsatishda

70.ChoʻponSuv oʻtkazmaydigan modda shimdirilgan ip gazlama plash12
Rezina etik12
Kombinatsiyalangan qoʻlqop3
71.Tola tayyorlovchi ishchiIp gazlama fartuk6
Kombinatsiyalangan qoʻlqop2
72.Qogʻoz xalta, supurgi toʻqish boʻyicha ishchiIp gazlama fartuk6
73.Savat toʻqish uchun novda tayyorlovchi ishchiIp gazlama fartuk6
Kombinatsiyalangan qoʻlqop3
74.Savat toʻqish ishlarini bajaruvchi ishchiIp gazlama fartuk12

VIII. Mebel taʼmirlashda

75.JilolovchiIp gazlama fartuk6
Rezina qoʻlqop12
76.Mebel oboychisiIp gazlama koʻkrakpeshli fartuk12
RespiratorYaroqsiz boʻlguncha

Matras, oʻrindiq va boshqa yengil mebel tayyorlash ishlarini bajarishda:

Ip gazlama yarim kombinezon9
Himoyalovchi koʻzoynakYaroqsiz boʻlguncha
77.Mebel toʻquvchiIp gazlama fartuk6
78.Eshma materiallarini tayyorlovchiIp gazlama koʻkrakpeshli fartuk12
RespiratorYaroqsiz boʻlguncha
79.Karniz ishlab chiqarishda band ishchilarIp gazlama fartuk6
80.Qirindi tayyorlaydigan dastgoh ishchisiIp gazlama fartuk6
Kombinatsiyalangan qoʻlqop2

IX. Sadaf tugmalarga ishlov berishda

81.Randa charxchisi, parmalovchiIp gazlama yenglik6
Himoyalovchi koʻzoynakYaroqsiz boʻlguncha
82.NazoratchiIp gazlama fartuk6
83.Chigʻanoq yuvuvchiIp gazlama koʻkrakpeshli fartuk6
Rezina etik12
Kombinatsiyalangan qoʻlqop3
84.Ishlov beruvchiIp gazlama fartuk6
RespiratorYaroqsiz boʻlguncha
85.OqlovchiIp gazlama koʻkrakpeshli fartuk6
Kombinatsiyalangan qoʻlqop3
86.Chigʻanoq saralovchiKoʻkrakpeshli ip gazlama fartuk6
Kombinatsiyalangan qoʻlqop3
87.FrezerlovchiIp gazlama koʻkrakpeshli fartuk6
Himoyalovchi koʻzoynakYaroqsiz boʻlguncha

X. Haykaltaroshlik

88.ToshtaroshBrezent fartuk12
Kombinatsiyalangan qoʻlqop2
Charm botinka12
Himoyalovchi koʻzoynakYaroqsiz boʻlguncha

Tashqarida bajariladigan ishlarda qishda qoʻshimcha ravishda:

Issiq tutuvchi astarli ip gazlama kurtka36
Issiq tutuvchi astarli ip gazlama shim36
89.Tosh kesuvchiRezina koʻkrakpeshli fartuk12
90.SementatorBrezent kurtka12
Rezina etik12
Kombinatsiyalangan qoʻlqop3
Charm botinka12
91.Tosh silliqlovchi-sayqallovchiRezina koʻkrakpeshli fartuk12
Rezina etik12
Kombinatsiyalangan qoʻlqop3
Rezina qoʻlqopYaroqsiz boʻlguncha

XI. Umumiy kasblar

92.Gazpayvandchi, gaz yordamida kesuvchiYongʻindan saqlovchi modda shimdirilgan ip gazlama kombinezon12
Charm botinka12
Brezent qoʻlqop2
Himoyalovchi koʻzoynakYaroqsiz boʻlguncha

Tashqarida bajariladigan ishlarda qishda qoʻshimcha ravishda:

Issiq tutuvchi astarli ip gazlama kurtka36
Issiq tutuvchi astarli ip gazlama shim36
93.Taʼmirlovchi-chilangarIp gazlama kombinezon12
Charm botinka12
Kombinatsiyalangan qoʻlqop3
94.Santexnik chilangarSuv oʻtkazmaydigan modda shimdirilgan ip gazlama kostyum12
Kombinatsiyalangan qoʻlqop3
95.Yukchi va yordamchi ishchiBrezent kurtka12
Brezent tizzali ip gazlama shim12
Brezent qoʻlqop2
96.Hovli supuruvchiIp gazlama kostyum12
Ip gazlama koʻkrakpeshli fartuk12
Kombinatsiyalangan qoʻlqop2

Qishda qoʻshimcha ravishda:

Issiq tutuvchi astarli ip gazlama kurtka36
Rezina etik24
97.Nusxa oluvchi va koʻpaytiruvchi mashina operatoriIp gazlama xalat12
ResperatorYaroqsiz boʻlguncha
98.OynasozIp gazlama fartuk12
Kombinatsiyalangan qoʻlqop3
Ip gazlama yenglik6
99.DuradgorIp gazlama kostyum12
Ip gazlama fartuk6
Kombinatsiyalangan qoʻlqop3
100.QorovulIp gazlama kostyum12
Suv oʻtkazmaydigan modda shimdirilgan ip gazlama plash (navbatchi)Yaroqsiz boʻlguncha

Qishda qoʻshimcha ravishda:

Issiq tutuvchi astarli ip gazlama kurtka36
Issiq tutuvchi astarli ip gazlama shim36
101.Ishlab chiqarish binolari farroshi, xizmat binolari farroshiIp gazlama xalat12
Kombinatsiyalangan qoʻlqop2
102.Kassa apparatlari va tarozi oʻlchov asboblarini taʼmirlovchi:Ip gazlama xalat12
Kombinatsiyalangan qoʻlqop3

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2024-yil 17-sentabrdagi 14-2224/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2226-1, 20.09.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.09.2024-y., 10/24/2226-1/0733-son) Mazkur Namunaviy normalar Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan. Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NARBAYEVA Toshkent sh., 2011-yil 22-aprel, (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 19-son, 195-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.09.2024-y., 10/24/2226-1/0733-son)

Ushbu qonunga rioya qilishda yordam kerakmi?

Tashkilotingizni qonunchilik talablariga muvofiqlashtlrishda yordam beramiz.