VM qarori № 649, 95-boʻlim
Yongʻin xavfsizligi qoidalariga 12-ILOVA
Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: yongʻin xavfsizligi
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.
Yashovchilar uchun namunaviy eslatmaning reja matni Agar siz joylashtirish vositasiga birinchi bor kelgan boʻlsangiz, chiqish va zinapoyalarning joylashgan joyini yaxshi eslab qolishga harakat qiling. Sizning xonangizda yongʻin yuzaga kelganda: hodisa haqida zudlik bilan yongʻin-qutqaruv xizmatiga, ushbu telefon raqami _______________________________________________ (yongʻin-qutqaruv boʻlinmalarining telefon raqamini koʻrsating) orqali maʼmuriyat yoki xizmat koʻrsatuvchi shaxslarga xabar bering; agar yongʻinni oʻz kuchingiz va imkoniyatingiz yordamida oʻchira olmasangiz, xonani tark eting va eshikni qulflamasdan yoping; xavfli hududni tark eting va maʼmuriyat yoki yongʻin-qutqaruv boʻlinmalarining koʻrsatmasi boʻyicha harakat qiling. Xonangizdan tashqarida yongʻin sodir boʻlgan taqdirda: voqea toʻgʻrisida darhol yongʻin-qutqaruv xizmatiga __________________________ telefon orqali xabar bering; xonani tark etishdan oldin, deraza va eshiklarni yoping va binodan chiqib keting; agar koridorlar va zinapoyalarni quyuq tutun qoplagan boʻlsa va Siz xonani tark eta olmasangiz, xonangizda qolib, derazalarni toʻliq ochib qoʻying. Yopiq holatdagi va tirqishlari toʻliq berkitilgan eshik Sizni uzoq vaqt davomida xavfli haroratdan himoya qilishi mumkin. Tutun bilan zaharlanishning oldini olish uchun tirqishlarni va shamollatish tuyniklarni suvga namlangan sochiq va choyshab bilan yoping. Telefoningiz orqali maʼmuriyatni manzilingiz toʻgʻrisida xabardor qilishga harakat qiling. Yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari voqea joyiga kelganda derazaga boring va ular Sizga yordam berishi uchun ishora qiling. Evakuatsiya paytida liftdan foydalanish tavsiya etilmaydi. Siz balkonda yoki peshayvonda yongʻindan himoyalanishingiz mumkin, shu bilan birga Siz balkon eshigini yopishingiz kerak. Yashovchilar uchun yongʻin xavfsizligi qoidalari haqida ESLATMA Hurmatli mehmonlar! Sizdan yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilishingizni soʻraymiz! xonada elektr isitish moslamalaridan foydalanishda (kofe qaynatkich, dazmol, elektr choynak) yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qiling; xonani tark etganda televizor, radio, konditsioner, yoritish chiroqlarini oʻchirishni unutmang. Eslatib oʻtamiz, yoritish chiroqlarini yonuvchan materialdan yasalgan buyumlar bilan qoplash xavfli. Umid qilamizki, Siz yotoqda yotgan vaqtingizda chekmaysiz va oʻchirilmagan sigaretani qoldirmaysiz. Bu xavfli. Liftda oʻchirilmagan sigareta bilan boʻlishga ruxsat etilmaydi. Iltimos, sigaretani chiqindi qutilariga tashlamang, buning uchun kuldondan foydalaning. Xonaga yongʻin xavfi mavjud modda va materiallarni olib kirish va u yerda saqlash mumkin emas. Maʼmuriyat (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2020-y., 09/20/649/1397-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 05.04.2023-y., 09/23/142/0197-son; 15.04.2025-y., 09/25/224/0338-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son; 07.02.2026-y., 07/26/48/0119-son)
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida
Yongʻin xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 649, 20.10.2020
Qoʻshni boʻlimlar
- 913-rasm. Maʼlumotlar kartasining shakli
- 92Yongʻin xavfsizligi qoidalariga 9-ILOVA. Avtomatik yongʻinni oʻchirish qurilmalari hamda avtomatik yongʻin signalizatsiyasi bilan himoya qilinadigan binolar, inshootlar, xonalar va uskunalarning roʻyxati
- 93Yongʻin xavfsizligi qoidalariga 10-ILOVA. Modda va materiallarni saqlash tartibi
- 94Yongʻin xavfsizligi qoidalariga 11-ILOVA
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.