VM qarori № 649, 92-boʻlim
Yongʻin xavfsizligi qoidalariga 9-ILOVA. Avtomatik yongʻinni oʻchirish qurilmalari hamda avtomatik yongʻin signalizatsiyasi bilan himoya qilinadigan binolar, inshootlar, xonalar va uskunalarning roʻyxati
Ushbu hujjat boʻyicha xizmat: Oʻqitish: yongʻin xavfsizligi
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.
Ushbu roʻyxat binolar, inshootlar, xonalar va uskunalarni (keyingi oʻrinlarda — obyekt) avtomatik yongʻin signalizatsiyasi (keyingi oʻrinlarda — AYOS) va avtomatik yongʻin oʻchirish qurilmalari (keyingi oʻrinlarda — AYOOʻQ) bilan barcha bosqichlarda himoyalash, oʻrnatish, ishlatish, taʼmirlash va hokazolarning tartibga soluvchi asosiy talablarni belgilaydi. Ushbu roʻyxatning talablari idoraviy mansubligi va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar barcha tashkilot va idoralar uchun majburiydir. Ushbu roʻyxatga kiritilmagan obyektlar, qurilish, yongʻin xavfsizligi boʻyicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq (QMQ, SHNQ, RH, YOXQ va boshqalar) hamda idoraviy normalar va roʻyxatlar talablariga muvofiq AYOS va AYOOʻQ bilan jihozlanadi.
| Himoya obyekti | AYOOʻQ | AYOS |
Meʼyor koʻrsatkichi I. Binolar
| 1. Yonuvchan izolyatsiyali yengil metall konstruksiyalardan ishlangan turar joy, umumiy yotoqxonalar va jamoat binolari: bir qavatli; ikki va undan yuqori qavatli. | Maydoni 500 m2 va undan katta Maydonidan qatʼi nazar | 500 m2 gacha |
| 2. Yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklarni sotishga ixtisoslashtirilgan savdo korxonalari binolari (sigʻimi 20 L dan oshmaydigan idishlarda qadoqlangan tovarlar bundan mustasno). | Maydonidan qatʼi nazar | |
| 3. Ikki va undan yuqori qavatli mehmonxona binolari. | Yongʻinga qarshi boʻlma maydoni 800 m2 va undan katta boʻlganda | Yongʻinga qarshi boʻlma maydoni 800 m2 gacha boʻlganda |
| 4. Yongʻin xavfi boʻyicha “V” toifadagi omborlar: balandligi ikki va undan yuqori qavatli; 5,5 m yoki undan ortiq balandlikdagi javonlarda saqlanadigan. | Maydonidan qatʼi nazar | |
| 5. Transport vositalarini saqlash uchun yopiq turdagi binolar: yer ostida, qavatlar sonidan qatʼi nazar; yer ustida, ikki yoki undan ortiq qavatli; mexanizatsiyalashgan. | Maydonidan qatʼi nazar | |
| 6. Avtotransport vositalarini saqlash, texnik xizmat koʻrsatish, diagnostika va sozlash binolari: yongʻinga bardoshlilik boʻyicha I va II-darajali; yongʻinga bardoshlilik boʻyicha III-darajali; yongʻinga bardoshlilik boʻyicha IV-darajali. | Xonalarning umumiy maydoni: 7000 m2va undan katta 3600 m2va undan katta 2000 m2va undan katta | 7000 m2 gacha 3600 m2 gacha 2000 m2 gacha |
II. Xonalar Jamoat binolaridagi (inshootlaridagi) xonalar
| 1. Sirklardagi bezak buyumlari, butaforiyalar va rekvizitlar xonalari, duradgorlik ustaxonalari, yem-xashak, inventar va xoʻjalik, reklama mahsulotlarini saqlash va ishlab chiqarish xonalari, saxnaga xizmat koʻrsatuvchi va taʼmirlashga moʻljallangan xonalar, hayvonlar uchun omborxonalar, tomoshabinlar zali gumbazi ostidagi chordoq xonalari. | Maydonidan qatʼi nazar |
| 2. Jamoat binolaridagi ishlab chiqarish va omborxonlarga moʻljallangan xonalar. | Ishlab chiqarish, saqlash (saqlab turish) xonalariga qoʻyiladigan talablarga muvofiq |
Ishlab chiqarish xonalari
| 3. Portlab-yonish xavfi boʻyicha “A” va “B” toifadagi xonalarda (8-bandda koʻrsatilganlardan va donni qayta ishlash va saqlash bino va inshootlarda joylashgan xonalardan tashqari). | 300 m2 va undan katta | 300 m2gacha |
| 4. Ishqoriy metallar mavjud xonalarni qavatlarga joylashtirishda: sokol qavatlarida; yer usti qavatlarida. | 300 m2 va undan katta 500 m2 va undan katta | 300 m2gacha 500 m2 gacha |
| 5. Yongʻin xavfi boʻyicha “V1” toifadagi xonalarni qavatlarga joylashtirishda (donni qayta ishlash va saqlash bino va inshootlarda joylashgan xonalardan tashqari); sokol va yertoʻla qavatlarida; yer usti qavatlarida (8 —15 bandlarda koʻrsatilganlardan tashqari). | Maydonidan qatʼi nazar 300 m2 va undan katta | 300 m2 gacha |
| 6. Yongʻin xavfi boʻyicha “V2-V3” toifadagi xonalarni joylashtirishda (7 — 15 bandlarda koʻrsatilganlardan va donni qayta ishlash va saqlash bino va inshootlarda joylashgan xonalardan tashqari): sokol qavati va yertoʻladan toʻgʻridan-toʻgʻri tashqariga chiqish yoʻllari mavjud boʻlmaganda; sokol qavati va yertoʻladan toʻgʻridan-toʻgʻri tashqariga chiqish yoʻllari mavjud boʻlganda; yer usti qavatlarida. | 300 m2 va undan katta 700 m2 va undan katta 1000 m2 va undan katta | 300 m2gacha 700 m2gacha 1000 m2gacha |
| 7. Yogʻ-moy yertoʻlalari. | Maydonidan qatʼi nazar | |
| 8. Aluminiy kukuni asosida suspenziyalar, rezina yelimlarini tayyorlash xonalari; yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar asosida lok, boʻyoq, yelim, mastika va singdiruvchi aralashmalarni tayyorlash xonalari; boʻyoqlash, sintetik kauchukning polimerizatsiyalash, gaz turbinali dvigatellar oʻrnatilgan kompressor xonalari, neftni olovli qizdirgichlar xonalari. Suyuq yoqilgʻida ishlovchi dvigatelli generatorlar xonalari. | Maydonidan qatʼi nazar | |
| 9. Yuqori voltli sinov xonalari, shuningdek, yonuvchi materiallar bilan himoyalangan xonalar. | Maydonidan qatʼi nazar |
Aloqa tarmoqlari xonalari
| 10. Uzatish moslamalari quvvati 150 kVt va undan yuqori boʻlgan uzatish radiostansiyalari, qabul qilish moslamalari soni 20 dan ortiq boʻlgan qabul qilish radiostansiyalari, uzatish moslamasi quvvati 1 kVt dan ortiq boʻlgan statsionar kosmik aloqa stansiyalari, uzatish moslamalari quvvati 25 — 50 kVt boʻlgan retranslyatsiya televizion stansiyalari, tarmoq uzellari, shaharlararo va shahar telefon stansiyalari, telegraf stansiyalari, chekka hududlardagi kuchaytirish punktlari va tumanlar aloqa tarmoqlarining shamollashtish, transformatorlar va ajratuvchi qurilmalar xonalari. | Maydonidan qatʼi nazar | |
| 11.Chekka hududlardagi kuchaytirish punktlarining texnik sexlari, oraliq radio-reley stansiyalari, qabul qilish va uzatish radiomarkazlarining tungi va kechki smenalarsiz xizmat koʻrsatiladigan hamda xizmat koʻrsatilmaydigan xonalari. | Maydonidan qatʼi nazar | |
| 12. Harakatdagi radioaloqa uyali tizimining tayanch stansiyalaridagi xizmat koʻrsatilmaydigan apparat xonalari hamda harakatdagi radioaloqa uyali tizimining radio-reley stansiyalaridagi apparat xonalari. | 24 m2 va undan katta | 24 m2gacha |
| 13. Asosiy kassalar, oʻtkazmalarni nazorat qilish byurosi xonalari va pochta aloqa boʻlimlarining hisoblash markazlari, shahar va tuman pochta aloqa boʻlimlarining xonalari: binoning umumiy hajmi 40 ming m3 va undan katta; binoning umumiy hajmi 40 ming m3 gacha. | 24 m2 va undan katta | 24 m2gacha |
| 14. Kvaz-elektron va elektron turdagi kommutatsiya uskunalari kompyuter bilan birgalikda oʻrnatiladigan avtomatik telefon almashuv stansiyalari, boshqaruv kompleksi sifatida ishlatiladigan, kirish-chiqish qurilmalari, elektron kommutatsiya stansiyalari xonalari, uzellar, elektraloqa hujjatlari markazlari, hajmiga koʻra: raqamlar, kanallar yoki ulanish joylari 10 ming va undan ortiq; raqamlar, kanallar yoki ulanish joylari 10 mingtagacha. | Maydonidan qatʼi nazar | Maydonidan qatʼi nazar |
| 15. Stansiyalarning sigʻimi boʻyicha avtomatik shaharlararo telefon stansiyalarining kompyuterlari asosida boshqariladigan qurilmalar uchun ajratilgan xonalar: shaharlararo kanallar 10 ming va undan ortiq; shaharlararo kanallari 10 mingtagacha. | 24 m2 va undan katta | 24 m2 gacha Maydonidan qatʼi nazar |
| 16. Pochta joʻnatmalarini saqlash, saralash va joʻnatishga tayyorlash xonalari. | 500 m2 va undan katta | 500 m2 gacha |
Transportlar vositalarini saqlash xonalari
| 17. Transport vositalarini boshqa maqsadlar uchun moʻljallangan binolarda saqlash xonalarida (yakka tartibdagi turarjoy binolari bundan mustasno) joylashuviga koʻra: yertoʻlalarda va yer osti qavatlarida (shu jumladan, koʻprik ostida); sokol va yer ustidagi qavatlarda. | Maydonidan qatʼi nazar 3 va undan ortiq avtomobillar | 3 tagacha avtomobillar |
Joylashtirish va saqlash xonalari
| 18. Portlab-yonish xavfi boʻyicha “A” va “B” toifadagi xonalarda (donni qayta ishlash va saqlash bino va inshootlarida joylashgan xonalardan tashqari). | 300 m2 va undan katta | 300 m2 gacha |
| 19. Kauchuk, rezina va rezinatexnik buyumlar; selluloid va selluloid buyumlari; gugurt, ishqorli metallar va pirotexnika buyumlari; moʻyna, jun, moʻyna va undan tayyorlangan buyumlar; yonadigan asosda kino-foto-audio tasmalar; qimmatbaho metallar va toshlar. | Maydonidan qatʼi nazar | |
| 20. Yongʻin xavfi boʻyicha “V1” toifadagi xonalarni qavatlarga joylashtirishda (19-bandda koʻrsatilganlardan va donni qayta ishlash va saqlash bino va inshootlarda joylashgan xonalardan tashqari): sokol va yertoʻla qavatlarida; yer usti qavatlarida. | Maydonidan qatʼi nazar 300 m2 va undan katta | 300 m2 gacha |
| 21. Yongʻin xavfi boʻyicha “V2-V3” toifadagi xonalarni qavatlarda joylashtirishda (19-bandda koʻrsatilganlardan va donni qayta ishlash va saqlash bino va inshootlarda joylashgan xonalardan tashqari): sokol va yertoʻla qavatlarida; yer usti qavatlarida. | 300 m2 va undan katta 1000 m2 va undan katta | 300 m2 gacha 1000 m2 gacha |
III. Inshootlar
| 1. Jamoat va sanoat binolarining kabel inshootlari*. | 100 m3 va undan katta | 100 m3 gacha |
| 2. Sanoat binolari oraligʻida yotqizilgan kabel tunnellari va toʻliq yopiq galereyalar (shu jumladan kombinatsiyalangan). | 50 m3 va undan katta | |
| 3. Shahar kabel kollektorlari va tunellari (shu jumladan, boshqa kommunikatsiyalar bilan kombinatsiyalangan). | Xajmi va maydonidan qatʼi nazar | |
| 4. Metall quvurlar orqali moyli kabellar yotqizilgan kabel inshootlari. | Xajmi va maydonidan qatʼi nazar | |
| 5. Yogʻoch materiallarini tashish uchun yopiq galereyalar, tunellar. | Uzunligidan qatʼi nazar | |
| 6. Osma shiftlar yuqorisidagi boʻshliqlarda “G1-G4” alangalanish guruhiga mansub materiallardan tayyorlangan izolyatsiyali havo kanallari va quvurlarni yotqizishda, shuningdek, alanga tarqatmaydigan kabellar (simlar), shu jumladan, ular birgalikda yotqizilganida**: havo kanallari, quvurlar yoki kabellar (simlar), shu jumladan, ular birgalikda yotqizilganida, kabellarning (simlarning) yonuvchi massasi hajmi bilan; yonadigan massaning umumiy hajmi boʻlgan yonmaydigan turdagi kabellar uchun. | 1 metr kabel liniyasi uchun 7 va undan ortiq L boʻlganda | Uzunligidan qatʼi nazar 1 metr kabel liniyasi uchun 1,5 dan 7 L gacha boʻlganda |
| 7. Temir yoʻl va avtomobil yoʻllari tunnellari. | Uzunligi 2500 m va undan ortiq | Uzunligi 300 m va undan ortiq |
IV. Uskunalar
| 1. Yengil alangalanuvchi va yonuvchan suyuqliklar qoʻllanadigan boʻyash kameralari. | Maydoni va turidan qatʼi nazar |
| 2. Quritish kameralari. | Maydoni va turidan qatʼi nazar |
| 3. Yonuvchi chiqindilarni yigʻish joylari (siklon, bunkerlar). | Maydoni va turidan qatʼi nazar |
| 4. Avtomobillar va tirkamalarga oʻrnatilgan dizel va benzinli elektr qurilmali koʻchma elektr stansiyalarining sinov stansiyalari. | Maydonidan qatʼi nazar |
| 5. Yonuvchi materiallarni va yonuvchi qadoqdagi yonmaydigan materiallarni saqlash uchun balandligi 5,5 m dan oshiq boʻlgan stellajlar. | Maydonidan qatʼi nazar |
| 6. Moy qizdirish uchun sigʻimlar. | 3 m3 va undan ortiq |
* Kabel inshootlari — elektr kabellarini (shu jumladan, boshqa kommunikatsiyalar bilan birgalikda) yotqizishda ishlatiladigan tunnellar, kanallar, yertoʻlalar, shaxtalar, qavatlar, ikki qavatli pollar, galereyalar va kameralar. ** 1. Kabel inshootlari, osma shiftlar va ikki qavatli pollar orasidagi boʻshliqlar quyidagi hollarda avtomatik yongʻin oʻchirish qurilmalari bilan jihozlanmaydi: poʻlatli suv va gaz quvurlariga yoki qopqoqlari butunlay ochiladigan poʻlat qutilarga (koroblarga) kabellarni (simlarni) yotqizishda; yonmaydigan himoya qobiqli quvurlar va havo quvurlariga yotqizishda; yoritish zanjirini taʼminlash uchun yonmaydigan “YONM” turdagi yakka kabellarni (simlarni) yotqizishda; yonmaydigan “YONM” va “Yo1” yonish guruhiga kiruvchi materiallardan ishlangan osma shiftlar orasidan umumiy yonuvchan massasi 1 m kabel liniyasi uchun 1,5 L dan kam boʻlgan “YONM” turidagi kabellarni (simlarni) yotqizishda; 2. Binolar (xonalar) toʻliq AYOOʻQ bilan himoyalanishi kerak boʻlgan hollarda osma shiftlar orasidagi boʻshliqlardan “Yo1 — Yo4” yonish guruhiga kiruvchi materiallardan ishlangan himoya qobiqlari bilan oʻralgan xavo kanallari va quvurlari oʻtkazilganda yoki umumiy yonuvchi massasi 1 m kabel linyasi uchun 7 L dan koʻp boʻlgan kabellar (simlar) yotqizilganda tegishli qurilmalar bilan himoyalanishi kerak. Agar shiftdan osma shiftgacha boʻlgan oraliq 0,4 m dan oshmasa, AYOOʻQlarni oʻrnatish talab etilmaydi. 3. Kabellarning (simlarning) himoya qobiqlarini yonuvchan massasi hajmi begilangan tartibda tasdiqlangan usulda aniqlanadi.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida
Yongʻin xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
OʻzR Vazirlar Mahkamasi qarori № 649, 20.10.2020
← Oldingi boʻlim
Boʻlim 91. 3-rasm. Maʼlumotlar kartasining shakli
Keyingi boʻlim →
Boʻlim 93. Yongʻin xavfsizligi qoidalariga 10-ILOVA. Modda va materiallarni saqlash tartibi
Qoʻshni boʻlimlar
- 88Yongʻin xavfsizligi qoidalariga 7-ILOVA. Portlab yonish va yongʻin xavfi mavjud xonalar, binolar va tashqi qurilmalarning toifalarini aniqlash
- 89Portlash va yongʻin xavfi uchun xona toifasi indeksining shakli va EUOQ uchun zona sinfi
- 902-rasm. Xonalarning portlab-yonish va yongʻin xavfi boʻyicha toifasi hamda EUTQga koʻra yongʻin sinfi zonasining koʻrsatkichi — Yongʻin xavfsizligi qoidalariga 8-ILOVA. Yongʻin xavfsizligi chora-tadbirlari toʻgʻrisida maʼlumot kartasi shakli
- 913-rasm. Maʼlumotlar kartasining shakli
- 93Yongʻin xavfsizligi qoidalariga 10-ILOVA. Modda va materiallarni saqlash tartibi
- 94Yongʻin xavfsizligi qoidalariga 11-ILOVA
- 95Yongʻin xavfsizligi qoidalariga 12-ILOVA
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.