VM qarori № 637, 30-boʻlim
2-SON ROʻYXATI. XXII. RADIOAKTIV MODDALAR, IONLOVCHI NURLANISH MANBALARI, BERILLIY VA NODIR ELEMENTLAR BILAN ISHLASHDA
| T/r | Kasblar | MXSK-08 boʻyicha kodi |
|---|---|---|
| 2-1291 | 1.Korxonalar, ilmiy-tadqiqot institutlari, laboratoriyalar, loyihalash va konstruktorlik tashkilotlari va tibbiyot muassasalarida, shuningdek Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining radiatsiyaviy xavfsizlik xizmatlaridagi ishlarda | |
| 2-1292 | Tajribalarda, tajribali ishlab chiqarishlarda va yirik laboratoriya uskunalaida, sanoat ishlab chiqarishning texnologik jarayonlarini ishlov berish yoki takomillashtirish sexlarida, radioaktiv xom ashyoni qayta ishlash, atom energiyasidan sanoat maqsadlarida foydalanish uchun radiatsiya yoki berilliy xavfi sharoitida doimiy ishlaydiganlar, sanoat yoki tajribali ishlab chiqarish radioaktiv moddalar, berilliy va ulardan tayyorlangan mahsulotlar bilan ishlaydigan ishchilar, rahbarlar va mutaxassislar | |
| 2-1293 | Ish oʻrinlarida aktivligi 10 millikyur radiya 226 dan kam boʻlmagan yoki radiaktiv jihatidan miqdori ekvivalent boʻlgan radiaktiv moddalar bilan ishlaydigan va ushbu sharoitda uskunalarni taʼmirlashda doimiy band boʻlgan ishchilar, rahbarlar va mutaxassislar. | |
| 2-1294 | Berilliy va uning birikmalaridan tayyorlangan mahsulotlarni ishlab chiqarish, shuningdek, metall-keramika berilliydan tayyorlangan mahsulotlarni ishlab chiqarish texnologik jarayonida, shu jumladan berilliy zararlilik sharoitida berilliy bilan ifloslangan uskunalarni taʼmirlash bilan doimiy shugʻullanuvchi ishchilar, rahbarlar va mutaxassislar | |
| 2-1295 | 2. Tadqiqot, transport, uchuvchi-sanoat yadroviy reaktorlari, ularning prototiplari va tanqidiy agregatlari va impulsli reaktorlari, eksperimental termoyadroviy qurilmalari va nurlanish faolligi 5x10 va undan yuqori boʻlgan kuchli izotopli nurlanishli gamma qurilmalaridagi ishlarda | |
| 2-1296 | Nurlanish xavfi sharoitida doimiy va bevosita ekspluatatsiya qilish, taʼmirlash, sozlash va tajriba ishlari bilan shugʻullanuvchi ishchilar, rahbarlar va mutaxassislar | |
| 2-1297 | 3. Radioaktiv moddalar saqlash joy va ombordagi ishlarda | |
| 2-1298 | Radioaktiv moddalarning 10 millikyur radiya 226 dan kam boʻlmagan yoki radiotoksinlik jihatidan miqdori ekvivalent boʻlgan radiaktiv moddalar va manbalarini qabul qilish, qayta qadoqlash, qadoqlash, saqlash va yetkazib berishda doimiy ravishda radiatsiya xavfi sharoitida ishlaydigan ishchilar, rahbarlar va mutaxassislar | |
| 2-1299 | 4. Kimyoviy usul bilan noyob yer elementlarini ishlab chiqarish | |
| 2-1300 | Koʻrsatilgan texnologik jarayonlarda va uskunalarni taʼmirlash ishlarida doimiy band boʻlgan ishchilar, rahbarlar va mutaxassislar | |
| 2-1301 | 5. Boshqa ishlar | |
| 2-1302 | Sanoat va qurilishda materiallar va mahsulotlarni koʻzdan kechirishda radioizotop nuqsonini aniqlashning (gammadefektoskopiya) koʻchma qurilmalari bilan doimiy va bevosita shugʻullanuvchi xodimlar | |
| 2-1303 | Sanoatda rentgen qurilmalari bilan ishlovchi shuningdek, ularni boshqarish va sozlash ishlarida doimiy va bevosita band boʻlgan xodimlar |
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va koʻrsatkichlar roʻyxatini hamda roʻyxatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori
Vazirlar Mahkamasining 637-son qarori, 10.10.2025
← Oldingi boʻlim
Boʻlim 29. 2-SON ROʻYXATI. XXI. TRANSPORT
Keyingi boʻlim →
Boʻlim 31. 2-SON ROʻYXATI. XXIII. UMUMIY KASBLAR
Qoʻshni boʻlimlar
- 262-SON ROʻYXATI. XVIII. MEDIKAMENTLAR, TIBBIY VA BIOLOGIK DORI-DARMONLAR VA MATERIALLARNI ISHLAB CHIQARISH
- 272-SON ROʻYXATI. XIX.SOGʻLIQNI SAQLASH MUASSASALARI
- 282-SON ROʻYXATI. XX. POLIGRAFIYA ISHLAB CHIQARISHI
- 292-SON ROʻYXATI. XXI. TRANSPORT
- 312-SON ROʻYXATI. XXIII. UMUMIY KASBLAR
- 322-SON ROʻYXATI. XXIV. ATOM ENERGETIKASI VA SANOATI
- 332-SON ROʻYXATI. XXV. QUTQARUV ISHLARI
- 342-SON ROʻYXATI. II QISM. SIRK VA KONSERT TASHKILOTLARI ARTISTLARI
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.