VM qarori № 637, 31-boʻlim

2-SON ROʻYXATI. XXIII. UMUMIY KASBLAR

T/rKasblarMXSK-08 boʻyicha kodi
2-1304Suvosti ishlarida, shu jumladan, yuqori atmosfera bosimi sharoitida, yiliga kamida 275 soat (oyiga 25 soat) yoki shoʻngʻish amaliyoti boshlanganidan beri suv ostida qolish 2750 soat yoki undan koʻp band boʻlgan gʻavvoslar va boshqa ishchilar
2-1305Gazda kesuvchi, rezervuarlar, baklar, sisternalar va kema boʻlinmalari ichidagi ishlarda band boʻlganda7212
2-1306Gazda payvandlovchi, rezervuarlar, baklar, sisternalar va kema boʻlinmalari ichidagi ishlarda band boʻlganda7212
2-1307Kessonchi-apparatchi7541
2-1308Kessonchi-proxodkachi7541
2-1309Kessonchi-chilangar7541
2-1310Kessonchilar-elektrmontajchi7541
2-1311Qoʻrgʻoshinlovchi8122
2-1312Qoʻrgʻoshin bilan kavsharlovchi, issiq usulda, shuningdek 1-2 xavfli toifadagi zararli moddalar yoki kanserogenlar boʻlgan kavsharlovchi mahsulotlarni kavsharlovchi va qalaylash bilan shugʻullanganda.7233
2-1313Issiq usulda oqlovchi, qoʻrgʻoshinli, shuningdek 1-2 xavfli toifadagi zararli moddalar yoki kanserogenlar boʻlgan oqlovchi, mahsulotlarni oqlovchi va qalaylash bilan shugʻullanganda.
2-1314Qoʻrgʻoshin bilan kavsharlovchi7233
2-1315Ishchi, skafandr yoki gazga qarshi niqob bilan rezervuarlar, baklar, sisternalar, kema boʻlinmalari tanklari ichini tozalash va portlatish kameralari ichidagi ishlarda band boʻlganda
2-1316Ishchi, rezervuarlar, baklar, sisternalar, kema boʻlinmalari tanklari ichini neft mahsulotlari va kimyoviy moddalardan tozalashda band boʻlganda
2-1317Ishchi va usta, tarkibida simob boʻlgan (bevosita metal simoblari bilan ishlaganda) asboblar va mahsulotlarni ishlab chiqarishda, shuningdek, ochiq metal simoblari bilan ishlaydigan asboblar va apparatlarni taʼmirlovchi va ularga xizmat koʻrsatuvchi ishchilar va ustalar
2-1318Xodim, davolash va profilaktikada samarali vositasi ishlab chiqilmagan, 1 guruh mikroorganizmlar bilan bevosita band boʻlganda
2-1319Kislota bilan ishlov beruvchi, tarkibida 1-2-klass xavfli yoki kanserogen zararli moddalar bulgan metall qorishmalarga ishlov berishda band boʻlganda8122
2-1320Metall, quyma, buyum va detallarni tozalovchi, quruq kvars qum bilan metall, metall buyumlar va mahsulotlar tozalash bilan band boʻlganda8121
2-1321Avtomatik va yarimavtomatik dastgohlarda (uskunalarda) elektrpayvandchi, rezervuarlar, baklar, sisternalar va kema qismlari ichida ishlaydigan7212
2-1322Qoʻlda payvandlash elektrpayvandchi, rezervuarlar, baklar, sisternalar va kema qismlari ichidagi ishlarda band boʻlganda7212

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Boʻlim quyidagi hujjat tarkibida

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va koʻrsatkichlar roʻyxatini hamda roʻyxatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori

Vazirlar Mahkamasining 637-son qarori, 10.10.2025

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.