Mehnat muhofazasi toʻgʻrisidagi qonun 3-moddasi

Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunlar va qonunning qoʻllanish sohasi

Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunlar ushbu Qonun va unga muvofiq chiqariladigan boshqa meʼyoriy hujjatlardan iborat boʻladi. Ushbu Qonun mulk va xoʻjalik yuritish shakli turlicha boʻlgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar* bilan, shu jumladan ayrim yollovchilar bilan mehnat munosabatlarida turgan barcha ishlovchilar; kooperativlarning aʼzolari, ishlab chiqarish amaliyotini oʻtayotgan oliy oʻquv yurtlari talabalari, oʻrta maxsus oʻquv yurtlari, hunar-texnika bilim yurtlari va umumiy taʼlim maktablarining oʻquvchilari; korxonalarda ishlashga jalb etiladigan harbiy xizmatchilar; muqobil xizmatni oʻtayotgan fuqarolar; sud hukmi bilan jazoni oʻtayotgan shaxslar, axloq tuzatish-mehnat muassasalari korxonalarida yoki hukmlar ijrosini amalga oshiruvchi idoralar belgilaydigan korxonalarda ishlash davrida, shuningdek jamiyat va davlat manfaatlarini koʻzlab tashkil etiladigan boshqa turdagi mehnat faoliyati ishtirokchilariga nisbatan amal qiladi. * Matnda bundan keyin “korxonalar” deb yuritiladi.

Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.

Modda quyidagi hujjat tarkibida

O'zbekiston Respublikasining "Mehnat muhofazasi to'g'risida"gi Qonuni

№ 839-XII, 06.05.1993 (№ O'RQ-410, 22.09.2016 tahriridagi)

Hujjatni toʻliq ochish

Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?

Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.