Mehnat kodeksi 64-moddasi
Jamoaviy muzokaralarda ishtirok etadigan shaxslarga beriladigan kafolatlar va kompensatsiyalar
Jamoaviy muzokaralarda, jamoa kelishuvi, jamoa shartnomasi loyihasini tayyorlashda ishtirok etadigan shaxslar asosiy ishidan taraflarning kelishuvi bilan belgilanadigan muddatga, oʻrtacha ish haqi saqlangan holda ozod etiladi. Jamoaviy muzokaralarda ishtirok etish bilan bogʻliq boʻlgan barcha xarajatlar mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikda va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda belgilangan tartibda kompensatsiya qilinadi. Agar jamoa kelishuvida, jamoa shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlmasa, olimlar, ekspertlar va mutaxassislarning xizmatlariga haq toʻlash taklif qiluvchi taraf tomonidan amalga oshiriladi. Jamoaviy muzokaralarda ishtirok etadigan xodimlarning vakillari bilan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan ushbu muzokaralar olib borilayotgan davrda bekor qilishga, shuningdek ularga nisbatan intizomiy jazo qoʻllashga yoki ularni boshqa ishga oʻtkazishga ularning vakillik qilishiga vakolat bergan organning oldindan roziligini olmasdan yoʻl qoʻyilmaydi.
Eslatma: Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va axborot maqsadida berilgan.
Modda quyidagi hujjat tarkibida
O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi
Qonun № O'RQ-798, 28.10.2022
← Oldingi modda
Modda 63. Jamoaviy muzokaralar jarayonida yuzaga kelgan ixtiloflarni hal etish
Keyingi modda →
Modda 65. Jamoa shartnomasining tushunchasi va shakli
Qoʻshni moddalar
- 60Jamoaviy muzokaralar olib borishga boʻlgan huquq
- 61Jamoaviy muzokaralar boshlanadigan sana
- 62Jamoaviy muzokaralar olib borish
- 63Jamoaviy muzokaralar jarayonida yuzaga kelgan ixtiloflarni hal etish
- 65Jamoa shartnomasining tushunchasi va shakli
- 66Jamoa shartnomasini tuzish zarurligi toʻgʻrisida qaror qabul qilish
- 67Jamoa shartnomasining mazmuni va tuzilishi
- 68Jamoa shartnomasi shartlarining haqiqiy emasligi
Ushbu moddani qoʻllashda yordam kerakmi?
Talab sizda qanday bajarilayotganini tekshiramiz va nimani tartibga solish kerakligini aytamiz.